Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Luhansk oblastida safarbarlikni boshladi
Rossiya Luhansk oblastining Starobilskiy va Kreminskiy tumanlarida «qisman» safarbarlikni boshladi, deb xabar qildi Luhansk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Gayday o‘zining Telegram-kanalida.
«Starobilskiy va Kreminskiyda bosqinchilar qisman safarbarlik qilishni boshladi. Ular oddiy tushuntirishyapti: go‘yoki bu hududlar Rossiya tarkibiga kirib bo‘lgan va u yerda qisman safarbarlik e’lon qilingan», — dedi u.
Fuqarolarni safarbar qilish uchun ma’muriyat vakillari uyma-uy yurib, istisnosiz barcha erkaklarga chaqiruv qog‘ozlarini tarqatyapti. «Ular buni hammaga - talabalarga ham, kasallarga ham, qariyalarga ham berishyapti», - deya qo‘shimcha qildi Luhansk oblasti harbiy ma’muriyati boshlig‘i.
«Vajnyye istorii» nashri va Conflict Intelligence Team (CIT) tergov guruhi tahlilchilarining ochiq ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada ikki haftalik safarbarlik davrida 53 mintaqadan kamida 213,2 ming kishi chaqirildi.
Safarbarlikka chaqirilganlarning umumiy soni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ilgari e’lon qilganidan ko‘p bo‘lgan. Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, safarbarlik boshlanganidan beri Rossiya qurolli kuchlariga 200 mingdan ortiq odam kelgan.
Ayni paytda, tadqiqotchilar hisoblagan 213 ming kishidan tashqari, 32 ta hududda chaqirilganlar soni haqida hech qanday ma’lumot yo‘q, deb yozadi «Vajnyye istorii». Hisoblash uchun ular mahalliy hokimiyatlarning rasmiy ma’lumotlaridan, OAV xabarlaridan va harbiy komissarlarning hisobotlaridan foydalangan.
Mavzuga oid
21:48 / 12.05.2026
Lukashenko armiyani urushga tayyorlash uchun qo‘shinlarning «maqsadli safarbarligi»ni e’lon qildi
09:01 / 27.01.2026
Kambag‘al oilalar reyestridagilar uchun safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati bepul qilinadi
13:20 / 03.01.2026
Maduro Karakasda portlashlardan so‘ng safarbarlikka chaqirdi
14:15 / 14.10.2025