«Vajnyye istorii» naşri va Conflict Intelligence Team (CIT) tergov guruhi tahlilçilarining oçiq ma’lumotlariga köra, Rossiyada ikki haftalik safarbarlik davrida 53 mintaqadan kamida 213,2 ming kişi çaqirildi. Tadqiqot çorşanba, 5 oktabr kuni çop etildi.

Safarbarlikka çaqirilganlarning umumiy soni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu ilgari e’lon qilganidan köp bölgan. Şoyguning sözlariga köra, safarbarlik boşlanganidan beri Rossiya qurolli kuçlariga 200 mingdan ortiq odam kelgan. Ayni paytda, tadqiqotçilar hisoblagan 213 ming kişidan taşqari, 32 ta hududda çaqirilganlar soni haqida heç qanday ma’lumot yöq, deb yozadi «Vajnyye istorii». Hisoblaş uçun ular mahalliy hokimiyatlarning rasmiy ma’lumotlaridan, OAV xabarlaridan va harbiy komissarlarning hisobotlaridan foydalangan.

Turli hududlarda safarbarlik jarayoni notekis ketyapti, deydi tadqiqotçilar. Eng yuqori körsatkiç Krasnoyarsk ölkasida qayd etilgan bölib, u yerda 28 ming kişi yoki mintaqadagi zaxiradagilarning deyarli 5,5 foizi uruşga jönatilgan. Şu bilan birga, Sergey Şoygu safarbarlik «resurslarning bir foizi yoki 1,1 foiziga» ta’sir qilişini va’da qilgandi. 

Örtaça körsatkiç Buryatiyada ham oşdi, bu yerda zaxiralarning 3,7 foizi, Doğistonda - 2,6 foiz va Qalmoğistonda - 2,2 foizni taşkil etdi. «Biz çaqiriluvçi zaxiralar uluşi va mintaqaning qaşşoqligi örtasidagi boğliqlikni körmoqdamiz. Bunday hududlarda yaqinda xizmat qilgan şartnoma böyiça harbiy xizmatçilar köp bölişi kerak. Köpinça bunday hududlarda armiya kamsonli iş beruvçilardan biri, şuningdek, ijtimoiy lift hisoblanadi», deya tuşuntirdi CIT tahlilçilari. Tadqiqotçilarning ta’kidlaşiça, 26 ta hududdan 23 tasida, Şoygu tomonidan e’lon qilingan zaxiradagilar uluşidan köproq odamlarning daromadi butun umumrossiya darajasidan past. 

Şu bilan birga, safarbarlik doirasida eng köp zaxiradagilar uruşga yuborilgan hududlar allaqaçon uruşdan eng köp zarar kördi. Misol uçun, Ukrainada tasdiqlangan uruş qurbonlari soni böyiça Doğiston birinçi örinda, Buryatiya esa ikkinçi örinda. 

«Verstka» naşri prezident ma’muriyati va mintaqalar rahbariyatiga yaqin manbalarga tayanib, hududlarda safarbar etilganlarning foizi norozilik kayfiyatiga boğliqligini ta’kidladi: ular qançalik baland bölsa, mintaqadan uruşga kamroq çaqiriladi. 

Safarbarlik boşlanişida Sergey Şoygu 300 ming kişi bosqiçma-bosqiç çaqirilişini aytgan edi, ikki hafta ötib esa 200 mingdan ortiq odam safarbar qilinganini da’vo qilmoqda, deb yozadi «Vajnyye istorii». CIT tahlilçilariga köra, rasmiylar va’da qilgan 300 ming kişi frontga yuborilganda ham safarbarlik töxtamaydi.