O‘zbekiston | 12:08 / 07.10.2022
7395
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Tailand o‘rtasida noyabr oyida aviaqatnovlar tiklanadi

O‘zbekiston va Tailand o‘rtasida turizm, islom madaniyati va islom tadqiqotlari sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: Dunyo

Bangkok shahridagi O‘zbekiston bosh konsulxonasida Bangkok Islom qo‘mitasi idorasi vitse-prezidenti Prasob Pusamleye, Arab universitetlari bitiruvchilari uyushmasi prezidenti G‘azi Shamsuddin bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Tailand tomoni qirollikning musulmon aholisi orasida O‘zbekiston islom qadamjolarini ziyorat qilish, islom muhaddislari Imom Buxoriy, Imom Termiziy va boshqa allomalar ilmiy merosini yaqindan o‘rganishga katta qiziqish mavjudligi ta’kidlandi. Ikki mamlakat o‘rtasida noyabr oyida aviaqatnovlar tiklanishi mazkur yo‘nalishda sayyohlar oqimini yanada oshirishga xizmat qilishi alohida urg‘ulandi.

Muzokaralar yakunida ziyorat turizm yo‘nalishida tailandlik sayyohlarni respublikaga keng jalb qilish maqsadida O‘zbekiston islom tamadduni rivojiga qo‘shgan hissasini Tailand musulmon aholisi orasida faol targ‘ib etish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish, Tailand ilmiy doira vakillarini O‘zbekistonga tashriflarini tashkillashtirishga kelishib olindi.

Uchrashuvda Bangkok Islom qo‘mitasi idorasi tomonidan Imom Buxoriyning “Al-Jomi’ as-sahih” to‘plami tay tilida nashr etilgan nusxasi O‘zbekistonda taqdim etilishi ma’lum qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid