Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahrida Xalqaro gastronomik festival boshlandi - fotogalereya
Ikki kun mobaynida tashkil etiladigan festival mehmonlari mazali taomlar va bayram tomoshalaridan bahramand bo‘lishadi. Shuningdek, festival doirasida umumiy ovqatlanish korxonalari va oshpazlar o‘rtasida o‘ziga xos tanlov ham o‘tkaziladi.
Eng muhimi — tadbirga tashrif buyurgan xo‘randalar, mehmonlar va sayyohlar uchun xorijiy davlatlardan kelgan oshpazlar mahorat darslarini namoyish etmoqda.
Ular orasida Saudiya Arabistoni Oshpazlarni rivojlantirish jamiyati asoschisi va boshqaruv raisi, Butunjahon bosh oshpazlar hamjamiyati uyushmasining (WACS) akkreditatsiyadan o‘tgan usta oshpazi Xoni Zayn Muhammad, tan olingan barbekyu mutaxassisi, xalqaro oshpazlik hakami, Rossiya Milliy oshpazlar gildiyasining va ko‘plab xorijiy professional uyushmalarning faxriy a’zosi Nikolay Baratov, Qirg‘iziston oshpazlar uyushmasi raisi, xalqaro oshpazlik hakami Shuhrat Sharipov ham bor.
O‘zbekistor Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi va O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi tomonidan tashkillashtirilgan festivaldan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonning gastronomik salohiyatini keng targ‘ib qilish, gastronomik turizm yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, milliy pazandalik an’analarini ommalashtirish orqali sayyohlar oqimini ko‘paytirishdir.
Bugun ochilgan festival ertaga, 8 oktyabr kuni ham davom etadi va unda g‘oliblarni taqdirlash marosimi ham o‘tkaziladi.
Kun.uz muxbiri Samarqand shahrining Islom Karimov ko‘chasida o‘tkazilayotgan Gastronomik festivaldan fotolavhalar taqdim etadi.




















Suratlarni Jahongir Aliboyev olgan.
Mavzuga oid
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
18:49 / 04.06.2026