Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va AQSh olimlari yangi paxta navini yaratdi
O‘zbekistonlik olimlar va AQSh tadqiqotchilari kasallikka chidamli navlarni aniqlab, ularni chatishtirish orqali viltga chidamli paxta navini yaratishga erishdi.
Foto: Journal of Plant Registrations
AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligining genetik-tadqiqotchisi Maurisio Ulloa xabariga ko‘ra, mazkur tadqiqotlarda O‘zbekiston FA Genomika va bioinformatika markazi olimlari ishtirok etmoqda, tadqiqotlar Amerika o‘simlikshunoslik jamiyatining Journal of Plant Registrations ilmiy nashrida chop etilgan.
Tadqiqotchilar O‘zbekistonda va AQShda yetishtiriladigan zamburug‘larga chidamli navlarni chatishtirish orqali paxta yangi liniyalar germplazmasini yaratdi. Germplazma yana genetik resurs deb ham ataladi, u seleksionerlarga qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini kengaytirishga yordam beradi.
Uchta yangi liniya – PSSJ-FRP01, PSSJ-FRP02 i PSSJ-FRP03 – vilt kasalligiga chidamliligini namoyon etdi. Ularning har biri turli xarakteristikalarga ega bo‘lishiga qaramay, kasallikka chidamliligi va tola sifatining yaxshiligi bilan ajralib turadi.
Vilt zamburug‘i odatda o‘simlikning ildiziga zarar yetkazib, poyasi va barglarini quritadi, hosilni nobud qiladi.
Mazkur yangi liniyalar genetik resurs bo‘lib, olimlar ulardan yangi nav olish ustida ham ishlamoqda. Genomika va bioinformatika markazi olimlari hozirda mazkur liniyalardan olingan yangi navni sinovdan o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
23:35 / 14.02.2026
“Trampdan 2028 yilda aniq qutulamiz” – Myunxenda AQShning siyosati keskin tanqid qilindi
15:28 / 14.02.2026
Ukraina, Rossiya va AQSh muzokaralarining yangi raundi Jyenevada o‘tadi
12:44 / 14.02.2026
AQSh sobiq elchisi Medinskiyning muzokaralarga qaytishidan norozi
10:47 / 14.02.2026