Jahon | 13:55 / 14.10.2022
11703
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR Janubiy Koreya bilan chegara yaqinida 150 ta raketa uchirdi

KXDRning o‘nga yaqin samolyoti chegaraga yaqinlashib, dengizga qulagan 150 ga yaqin raketalarni otgan. Janubiy Koreya so‘nggi besh yil ichida birinchi marta Pxenyanga qarshi sanksiyalar kiritdi.

Foto: AP

Shimoliy Koreya 14 oktyabr, juma kuni Koreya yarimoroli sharqidagi dengizga qulagan qisqa masofali raketalarni yana uchirdi. Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu yaqinda KXDRda amalga oshirilgan raketa uchirishlar seriyasi doirasidagi navbatdagi sinovlardir.

Bundan tashqari, Shimoliy Koreyaning o‘nga yaqin jangovar samolyotlari KXDRning mustahkamlangan chegarasiga yaqinlashib, dengiz tomon salkam 150 ta raketa uchirdi. Bunga javoban Janubiy Koreya harbiy samolyotlarini havoga ko‘tardi. Janubiy Koreya Milliy xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreyani keskinlikni yanada kuchaytirganlikda qoralab, Pxenyanning harakatlarini chegara mintaqasida «dushmanlik harakatlari»ni taqiqlovchi 2018 yildagi ikki tomonlama harbiy paketni buzish deb atadi.

Koreya yarimorolidagi keskinlikning yangi kuchayishi fonida Janubiy Koreya so‘nggi besh yil ichida birinchi marta Pxenyanga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Qora ro‘yxatga KXDRning Shimoliy Koreya raketa dasturiga aloqador 15 nafar fuqarosi va 16 ta muassasasi kiritilgan.

Mavzuga oid