Putin Imomali Rahmonning so‘zlariga javob qaytardi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin tojikistonlik hamkasbi Imomali Rahmonning so‘zlariga javob qaytardi. Qo‘shni davlat prezidenti Putinni tanqid qilgan va Markaziy Osiyo davlatlariga xuddi SSSRdek qaramasligini so‘ragandi.
«So‘zimni Imomali Sharipovichning aytgan gaplariga munosabat bilan boshlamoqchiman. Ha, u qisman haq. Ha, sobiq ittifoq davrida kitob tarqatilardi, milliy tillarda teatrlar ochilardi, madaniyat va iqtisodiyotni rivojlantirishardi. To‘g‘ri, barcha formatlarimizda aniq vazifalarni muhokama qilishimiz kerak», deb Putinning so‘zlarini keltirgan TASS.
Avvalroq Imomali Rahmon Ostonadagi MDH sammitida keskin fikrlar bildirib, Putindan Markaziy Osiyo davlatlariga SSSRdek qaramaslikni so‘ragandi. Tojikiston prezidenti SSSR ham kichik millatlarga e’tibor kamligi sabab tarqalib ketganini aytgan. Imomali Rahmon Putinga qarata aytgan tanqidlarida Tojikistonda 30 yildan beri rus tilidagi darsliklar yetishmasligini ham ta’kidlagandi.
Mavzuga oid
11:20 / 30.10.2024
OAV: Putinning soqchilari tasodifan uning harakatlanishini oshkor qilib qo‘ydi
10:40 / 30.10.2024
FT: Ramaposaning Putinni maqtashi JAR koalitsiyasini parchaladi
21:52 / 29.10.2024
Putin yadroviy tiyib turuvchi kuchlarni sinovdan o‘tkazdi
00:36 / 29.10.2024