O‘zbekiston | 11:31 / 17.10.2022
2887
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik o‘n nafar tadbirkor AQShda amaliyot o‘tadi

Vashingtonda 7 sentabrdan 4 oktyabrga qadar mahalliy tadbirkorlardan tashkil etilgan o‘n kishilik guruh «Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari» (American Councils) tomonidan AQShda amalga oshirilayotgan Uzbekistan Business Leaders (UBL) dasturi doirasidagi o‘quvda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Dastur doirasida ishtirokchilar AQSh kompaniyalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va davlat idoralarida, Vashington, Ostin, Texas va San-Diyego shaharlarida mehmonxona biznesi, IT va innovatsiyalar, inklyuziv ta’lim, kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, mebel ishlab chiqarish kabi sohalarda individual amaliyot o‘tadi.

Mamlakatning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov AQSh hududlariga tashriflari va o‘zbekistonliklar uchun treninglar yakunlari bo‘yicha dastur ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi, uning doirasida UBL kursini tamomlaganlik sertifikatlari topshirildi.

UBL dasturi AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan moliyalashtiriladi va Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari tomonidan boshqariladi. Unga biznes, tadbirkorlik, ijtimoiy tadbirkorlik va innovatsiyalar bilan shug‘ullanuvchi 22 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislar jalb etiladi. 

Dastur doirasida ishtirokchilar turli tijorat va notijorat tashkilotlarida, universitet biznes bo‘limlarida va tegishli davlat idoralarida ixtisoslashtirilgan professional amaliyot o‘tash uchun AQShga taklif etiladi. 

2018 yili O‘zbekistonda Amerika kengashlari faoliyati tiklanganidan so‘ng UBL ishtirokchilari ushbu guruhi uchinchisi bo‘ldi. Birinchi guruh 2021 yil sentabrda, ikkinchisi 2022 yil may oyida bo‘lib o‘tgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid