O‘zbekiston | 12:21 / 18.10.2022
2475
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Chexiya mudofaa sohasida hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Chexiya elchisi Vatslav Yilek bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarga oid masalalar va yaqin kelajakda rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar muhokama qilindi.

Tomonlar 2023 yil birinchi yarmida siyosiy maslahatlashuvlar navbatdagi raundi va Iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya 9-yig‘ilishini tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni faollashtirish muhimligini qayd etdi.

Uchrashuv natijasida turli yo‘nalishlarda, jumladan, sport, ommaviy axborot vositalari va mudofaa sohalarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid