O‘zbekiston | 12:21 / 19.10.2022
3327
2 daqiqa o‘qiladi

Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya beriladi

Foto: Kun.uz

“Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Tadbirkorlar kasanachilikni tashkil etganidan kamida 3 oy o‘tgandan so‘ng subsidiya olish uchun Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga yozma ravishda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.

Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari subsidiya ajratish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan so‘ng 5 ish kuni ichida:

talabgorga har bir kasanachi dastlabki 3 oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik o‘rtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi;

tadbirkorlik sub’yektiga har bir kasanachiga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlari 50 foizgacha bo‘lgan qismi, biroq BHM 15 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratiladi.

Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi va tadbirkorlik sub’yekti o‘rtasida ijtimoiy kontrakt tuziladi. Tuman (shahar) hokimliklari va aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi bilan birgalikda kelgusi yil uchun joriy yil 10 dekabriga qadar ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarni kasanachilik yo‘nalishida kasbga o‘qitish bo‘yicha davlat buyurtmasini shakllantiradi.

Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari davlat buyurtmasi asosida nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasbga o‘qitilgan fuqarolar malakasini baholash choralarini ko‘radi va u bilan bog‘liq xarajatlarni har bir band bo‘lmagan shaxs uchun BHM 4 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda qoplab beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid