Jahon | 07:10 / 20.10.2022
9332
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada 20 oktyabr kuni elektr energiyasini yetkazib berish cheklanadi

Rossiyaning Ukraina energetika tizimiga hujumlari kuchayishi quvvatlar taqchilligiga olib keldi, deya tushuntirdi Ukrenergo. Elektr uzilishlari 4 soatdan oshmaydi.

Foto: Picture Alliance

20 oktyabr kuni butun Ukrainada elektr energiyasini yetkazib berish cheklanadi. Bunday chora-tadbirlarning sababi tizimdagi quvvatlarning yetishmasligi, deb tushuntirdi milliy energetika kompaniyasi Ukrenergo 19 oktyabr, chorshanba kuni. «Bu majburiy qadam. 10 oktyabrdan beri Ukraina energetika tizimi urushning 8 oyidan ko‘proq darajada Rossiya kuchlari tomonidan hujumga uchradi», - deyiladi kompaniya xabarida.

Cheklovlar mahalliy vaqt bilan soat 07.00 dan 22.00 gacha amal qiladi. O‘chirishlar ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Ularning davomiyligi mintaqaviy tarqatish tarmog‘i operatorlari tomonidan belgilanadi va 4 soatdan oshmaydi, deya qo‘shimcha qildi Ukrenergo.

Milliy operator Ukraina aholisini telefonlari va portativ akkumulyatorlarini quvvatlantirishga, shuningdek, suv zaxirasi, fonar va batareyalar, issiq paypoq va ko‘rpa-to‘shaklarni tayyorlab qo‘yishga chaqirdi. Shu bilan birga, «Ukrenergo» sovuq ob-havo boshlanishi bilan elektr energiyasidan foydalanishni minimallashtirish uchun tez-tez fuqarolarga murojaat qilish kerakligini tan oldi.

Bundan tashqari, 20 oktyabrdan shaharlarda ko‘chalarni yoritishdan foydalanish cheklanadi, dedi Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Kirilo Timoshenko.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid