Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zararli yoki xavfli ishda ishlaydigan xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
Hukumat qarori bilan elektr energetikasi obektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalari tasdiqlandi.
Mazkur qoidalar bilan elektr energetikasi obektlariga kiruvchi uskunalar, qurilmalar, bino va inshootlar ishlashini tashkil etuvchi va nazorat qiluvchi korxonalar xodimlari, elektr energetikasi obektlarida qurilish-montaj, sozlash, ishga tushirish hamda ta’mirlash ishlarini bajaruvchi xodimlar bilan ishlash tartibi belgilandi.
Xodimlar, shu jumladan, rahbar xodimlar o‘z kasbi va ish turi bo‘yicha sanoat va yong‘in xavfsizligiga oid amaldagi qoidalar, me’yorlar va yo‘riqnomalar bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkaziladi.
Zararli yoki xavfli mehnat sharoitlari bilan bog‘liq og‘ir ishlarda ishlaydigan xodimlar dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Xodimlar bilan ishlash yillik rejalarga muvofiq tashkil qilinadi va amalga oshiriladi. Xodimlarni (mutaxassislarni) tayyorlash va ular malakasini oshirish jarayonlarini boshqarish korxona bosh muhandisiga yuklanadi.
Mavzuga oid
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
15:09 / 07.01.2026
Ishga joylashtirish bo‘yicha hukumatlararo kelishuvlar soni oshiriladi
16:54 / 25.12.2025