O‘zbekiston | 10:22 / 24.10.2022
2612
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi mavjud aviaqatnovlar soni oshiriladi

O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Dilshod Ahadov ushbu davlat Turoperatorlar uyushmasi (Indian Association of Tour Operators - IATO) prezidenti Rajiv Mexra va Hindiston MICE-turizm agentlari tarmog‘i raisi Gajyesh Girdar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm sohasidagi mavjud salohiyatdan to‘liq foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bu borada qo‘shma chora-tadbirlar rejasi bo‘yicha fikr almashildi.

Hindiston Turoperatorlar uyushmasi prezidenti Rajiv Mexra ikki davlat mintaqalari o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlik aloqalari mustahkamlanishi o‘zaro sayyohlar oqimi o‘sishida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Bu borada mavjud aviaqatnovlar sonini oshirish borasidagi imkoniyatlarni o‘rganib chiqishga kelishildi.

Hindiston Turoperatorlar uyushmasiga 1982 yilda asos solingan. Hozirgi vaqtda uning tarkibida turizm sohasi barcha segmentlarini qamrab oluvchi 1600 dan ortiq a’zo kompaniyalar faoliyat olib bormoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid