Jahon | 10:03 / 29.10.2022
9151
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada 4 million kishi elektr energiyasidan foydalanishda cheklovlarga ega

4 millionga yaqin ukrainaliklar elektr energiyasidan foydalanishda cheklovlarga ega, chunki ko‘plab shahar va viloyatlarda barqarorlashtirish bo‘yicha elektrni o‘chirish jadvali qo‘llanilyapti, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy.

Foto: REUTERS/Gleb Garanich

«Ayni damda mamlakatimizning ko‘plab shahar va viloyatlarida elektr ta’minotida barqarorlashtiruvchi uzilishlar jadvalidan foydalanilmoqda. Hozirda qariyb 4 million ukrainalik elektr ta’minotida cheklovlarni boshdan kechirmoqda», — dedi prezident.

Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Kirilo Timoshenko Ukrainadagi energiya ta’minoti bilan bog‘liq vaziyatni «favqulodda vaziyat» deb atadi. 

«Biz ishlashda davom etamiz. Barqaror elektr ta’minotini tiklash uchun vaqt kerak bo‘ladi. Kelgusi haftadan boshlab jadvallar favqulodda emas, rejali bo‘ladi», deb yozdi u.

Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy urush boshlanganidan beri Rossiya Ukraina hududiga 4500 ta raketa zarbasi bergani, 8000 dan ortiq havo hujumini amalga oshirganini aytgandi.

Unga ko‘ra, so‘nggi ikki kun ichida 30 ta dron ham uchirilgan, ulardan 23 tasi urib tushirilgan. 

Bundan tashqari, X-59 raketasi, ikkita Ka-52 hujum vertolyoti va Su-25 hujumchi samolyoti yo‘q qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid