Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Jazoir o‘zaro savdo uylarini ochish masalasini ko‘rib chiqadi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Jazoir elchisi etib tayinlangan Bumedian Gennadni qabul qildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston-Jazoir siyosiy muloqotini jadallashtirish, o‘zaro tashriflarni tashkil etish, maslahatlashuvlar o‘tkazish, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Savdo-iqtisodiy sohada mavjud salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha birgalikda chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. O‘zbekistonda avtomobil va neft-gaz sanoati, AKT, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda Jazoir kompaniyalari ishtiroki to‘g‘risida fikr almashildi. Ikki mamlakat savdo-sanoat palatalari va biznes sub’yektlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro asnoda savdo uylarini ochish masalasini ko‘rib chiqish muhimligi qayd etildi.
Jazoirdan O‘zbekistonga, xususan, dunyoga mashhur tarixiy Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga sayyohlik oqimini oshirish uchun imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
Bumedian Gennad 2015-2022 yillarda Jazoirning Toshkentdagi diplomatik missiyasiga rahbarlik qilgan Nosir Busherit o‘rnini egalladi.
Mavzuga oid
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
08:16 / 02.06.2026
Top-10: dunyo savdosida eng katta ulushga ega davlatlar
07:24 / 06.05.2026
O‘zbekistonning Jazoirdagi birinchi elchisi tayinlandi
09:02 / 12.03.2026