Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda zamonaviy osma dorlar quriladi
Viloyat hokimi Murodjon Azimov bu loyihani amalga oshirish uchun Xitoyning “China CAMC Engineering Co.,LTD” kompaniyasi bilan kelishuvga erishdi.
Uchrashuv videokonferens-aloqa formatida o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchisi Farhod Arziyev ham qatnashdi.
Tadbirda bir qator masalalar muhokama qilindi. Xususan, Azimov tomonidan Kitob tumanining “Qaynar”, Shahrisabz tumanining “Miraki” va Qamashi tumanining “Maydanak” hududida zamonaviy osma dor yo‘llarini barpo etish taklifi berildi.
Shuningdek, viloyat hududida zamonaviy agrologikstika markazlarini qurish;
- “Qarshi” erkin iqtisodiy zonasi hududida “China CAMC Engineering Co.,LTD” kompaniyasining investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
- “Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonasi hududida “yashil energetika”ga o‘tish va energiya tejovchi texnologiyalar bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga doir masalalar muhokama etildi.
Tadbirda Xitoy tomoni O‘zbekistonda xorijiy investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan qonunchilik bazasi va ma’muriy mexanizmlar yaratilayotgani, ular amalda muvaffaqiyatli qo‘llanilayotganini e’tirof etishdi.
Osma dor yo‘llari qurish yo‘nalishida, haqiqatan ham Xitoydagi dor yo‘llarining deyarli 50 foizi “China CAMC Engineering Co.,LTD” kompaniyasi tomonidan qurilganligi e’tiborga molik.
Qashqadaryo viloyatining joylashuvi, tabiati va turistik salohiyatini inobatga olib, ikki hafta muddatda kompaniya mutaxassislaridan iborat delegatsiya viloyatga tashrif buyurib, osma dor yo‘llarini qurish bo‘yicha hududning salohiyati hamda imkoniyatlarini o‘rganadigan bo‘ldi.
Agar Xitoy kompaniyasi tomonidan mazkur loyihalarni qurishga investitsiya kiritish istagi bildiriladigan bo‘lsa, mahalliy hokimlik tomonidan turizmni rivojlantirish maqsadida infrastruktura obektlari (yo‘l, elektr, gaz) tayyor holda topshirilishi to‘g‘risida ham fikr bildirildi.
Qashqadaryo viloyat hokimi tomonidan Xitoy investitsiyalari ishtirokidagi qo‘shma va xorijiy korxonalar 38 tani tashkil qilishi, davlatlarimiz o‘rtasidagi ijobiy savdo-iqtisodiy aloqalardan kelib chiqib ushbu raqamni ikki baravarga oshirish imkoniyati mavjudligi ma’lum qilindi.
Osma dor yo‘llari qurish taklif etilayotgan Kitob tumanining “Qaynar” hududida joriy yil yoz mavsumi dam olish kunlarida 45 ming, Shahrisabz tumanining Miraki hududida iyul oyida o‘rtacha 600 mingta mahalliy sayyoh tashrif buyurgani ta’kidlandi.
Hududlarning turistik salohiyati bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar ham berildi.
Shuningdek, qisqa muddatda ikki tomon vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish hamda turizm, qishloq xo‘jaligi, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda energetika yo‘nalishlarida hamkorlik qilish bo‘yicha reja ishlab chiqish taklif etildi.
Xorij tomoni mazkur taklifni qabul qildi.
Tadbir yakunida Xitoy tomoni energetika, qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishida qo‘shimcha uchrashuv tashkil qilish va hamkorlik istiqbollarini yanada kengroq tahlil qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tadbirlar bo‘yicha yana qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
Mavzuga oid
18:04 / 25.12.2022
«Eski Captiva o‘rniga yangi Equinox» – Qashqadaryo viloyati hokimligi xizmat mashinalari haqida
14:22 / 23.12.2022
Qashqadaryoning barcha hududlarida “Uch avlod uchrashuvi” va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
15:03 / 23.09.2022
Qashqadaryo delegatsiyasi Boshqirdistonda: xorijdagi yurtdoshlarga ko‘mak berilmoqda
16:35 / 12.07.2022