Delegatsiya a’zolari Boşqirdiston Respublikasi va Nijyegorod viloyatidagi vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan vatandoşlarimiz muammolarini örganiş va hal etişga kömaklaşiş hamda boşqa madaniy tadbirlar taşkillaştiriş, ikki davlat örtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça qöşimça kelişuvlarga erişişni maqsad qilişgan.


Safar doirasida Özbekiston Respublikasi taşqi mehnat migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakilligi va Qaşqadaryo viloyati hokimligi hamkorlikda Ufa şahrida Özbekiston madaniyati kunlari taşkil etildi.
Mazkur tadbirni ötkazişdan maqsad – xalqlar örtasidagi madaniy hamkorlik va muloqotning barça şakllarini rivojlantiriş, madaniy yutuqlarni özaro almaşiş hamda turizmni rivojlantirişdan iborat böldi.



Şuningdek, sayyohlarga Özbekistonning diqqatga sazovor joylari haqida ma’lumot berildi. Qaşqadaryodagi turizm va ziyorat ob’ektlari videoroliklar orqali oçib berildi.
Viloyat delegatsiyasi Boşqirdiston Respublikasi markazida ötkazilayotgan xalqaro kongress körgazmasida böldi. Tanişuvlar jarayonida muzokaralar olib borilib, hamkorlik qilişga va yirik kompaniyalarning Qaşqadaryoga taşrifini amalga oşirişga kelişib olindi.
Dunyoga maşhur "Megi" kompaniyasi bilan tibbiyot anjomlarini vohaga yetkazib beriş, "Rostelekom" bilan köplab sohalarga zamonaviy avtomatlaştiriş va robot texnologiyalarni qöllaş, şuningdek, bir neçta korxona bilan quriliş sohasida hamkorlik qiliş va işçi kuçiga bölgan ehtiyojini qondiriş orqali ikki tomonga ham foyda keltiriş masalalari muhokama qilindi.




















