Ukrainada boshlangan urush ortidan O‘zbekiston ham xarajatlarini maqbullashtira boshladi. Shavkat Mirziyoyev hudud va tarmoq xarajatlarini 10 trln so‘mga qisqartirishni aytgan, 2022 yil oxirigacha davlat organlariga avtomobil xarid qilishni qat’iyan taqiqlangandi. Ammo shuncha gaplardan keyin ham Qashqadaryo viloyati hokimligi 450 million so‘mga Equinox xarid qilish uchun shartnoma imzolagan.
Qalovini topib, qorniyam yoqishning hadisini olgan hokimlik taqiqni aylanib o‘tishning chorasini ham topgan. Qanday qilib deysizmi? Viloyat hokimi o‘rinbosari minib yurgan Captiva xizmat mashinasi Chiroqchi tumani hokimligiga «hadya qilingan». O‘z navbatida, Chiroqchi tumani hokimligi balansida bo‘lgan xizmat mashinasi yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumani hokimligiga «beg‘araz» berilgan.
Equinox eski Captivaʼsini tuman hokimligiga tuhfa qilgani uchun mashinasiz qolgan viloyat hokimi o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i O‘tkirjon Qodirov uchun olinyapti.
Viloyat hokimligining hotamtoyligi ham bejiz emas aslida. Nega endi boshqalarga emas, aynan Chiroqchi tuman hokimligiga «beg‘araz» avtomobil ajratilgani tuman hokimi lavozimiga tayinlangan Nodir Erkayev bilan bog‘liq. Chunki u 2019-2022 yillarda viloyat hokimining moliya-iqtisod masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Endi viloyat hokimligi garajiga qaytamiz.
Hokimlik tasarrufida 15 ta avtomashina mavjud. Shundan:
















