Viloyatimizda yetiştirilgan joriy yilgi ğallani nes-nobud qilmasdan örib-yiğib oliş maqsadida har 2-3 ta kombaynni bittadan otryadga biriktirib, 176 ta otryadlar taşkil etildi. Viloyat hokimi Murodjon Azimov ğalla örim-yiğim mavsumini uyuşqoqlik bilan ötkaziş maqsadida örim oldidan har bir tumanda bölib, mavsumga şaylik holatini mutaxassislar iştirokida nazorat körigidan ötkazgan edi. 

Foto: Qaşqadaryo viloyati hokimligi

Prezidentimiz taşabbuslari bilan don korxonalariga topşiriladigan tovar donning 80 foizi don korxonalari tomonidan ötgan yilga nisbatan ikki birobar qimmat narxlarda, ya’ni har bir tonna ğalla uçun uç million sömdan tölab berilgan bölsa, qolgan 20 foizi don korxonalari omborlarida saqlangan holda, bozor narxlarida birja savdolari orqali sotilib, fermerlarga tölab berildi. Bundan taşqari, qariyb 500 ming tonnadan ortiq ğalla aholi va fermerlar ixtiyorida qolişi ham rizq-rözimizning mul-kölligidan dalolat.

Foto: Qaşqadaryo viloyati hokimligi

Joriy yilgi şartnomaviy rejaga köra, davlatga 336386 tonna boşoqli don topşiriş belgilangan bölsa, bugungaça 336695 tonna don topşirildi va reja 100,1 foizga bajarildi. 

Foto: Qaşqadaryo viloyati hokimligi

Bu jarayonlarda Yakkaboğ (120%), Kitob (119.8%), Şahrisabz (112.7%), Qamaşi (111.2%), Çiroqçi (107.7%), Qarşi (104.2), Kasbi (103.3) va Koson (100.8%) tumanlari fermerlari yuqori natijalarni qayd etdi. Ayniqsa, Yakkaboğ tumanidagi "Fayziyev Amir Farhodoviç", "Jovliyev Dilmurod Abdişukuroviç", "Boynazar öğli Sardorbek", "Abdurahmon", Şahrisabz tumanidagi "Ma’rufxon öğli Xalil", "Şaxzodabonu Farhod qizi", "Asadbek Mahmadöst", "Yangiboyev Ahror", Çiroqçi tumanidagi "Nurimov Döstmurod Maxmurodoviç", "Şörquduq", "Tangir bobo", Kasbi tumanidagi "Boburşoh orzusi", "Qurbonov Rajabpölat", "Nodirbek Xayrullayev", Nişon tumanidagi "Musurmon", "Dolliyev Ötkir", "Jovliyev Abdirauf", "Daverov Abbos Baxriddin öğli", Muborak tumanidagi "Tursunboy Oynazarov", "Olam", Mirişkor tumanidagi "Yangi Jyeynov Durdonasi", "Yorqin", Kitob tumanidagi "Şoh Akbar", "Şodlik Şodon Şer", "Sarvar Doston oltin dalasi", "Bahriddin bobo avlodlari", Ğuzor tumanidagi "Bobur Isroiloviç", "Abdimöminov Davronbek", "Tursunpölat Daminov", Qarşi tumanidagi "Çoriyev Mardon Nomozoviç", "Sodivov Hamza Bahromoviç", "Boymurodov Toşpölat", Qamaşi tumanidagi "Javlonbek sifat invest", "Haqqi öğli Ilhom" va Koson tumanidagi "Şodi Saidov", "Samandar Nur Diyor" hamda "Yuksaliş Agro Fayz Sanoat" fermer xöjaliklari dalalarida hosil 75-80 sentnerni taşkil qildi.