Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda to‘rt balli zilzila sodir bo‘ldi
Zilzila kuchi Qashqadaryoning turli hududlarida 2 balldan 4 ballgacha sezilgan.
FVV Seysmoprognostik monitoring markazining xabar berishicha, O‘zbekiston hududida bugun, 2022 yil 17 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan 19:40 da zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila episentri Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanida bo‘lgan.
Zilzila koordinatalari: 38,67 gradus shimoliy kenglik; 66,33 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,8. Chuqurlik 20 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 379 kilometr janubiy-g‘arbda.
Zilzilaning hududlarda sezilish kuchi:
- G‘uzor tumanida 3-4 ball, 22 km.
- Qamashi tumanida 3 ball, 40 km.
- Dehqonobod tumanida 3 ball, 43 km.
- Qarshi tumanida 2-3 ball, 48 km.
- Yakkabog‘ tumanida 2-3 ball, 49 km.
- Qarshi shahrida 2-3 ball, 51 km.
- Chiroqchi tumanida 2-3 ball, 58 km.
- Nishon tumanida 2 ball, 68 km.
- Koson tumanida 2 ball, 73 km.
- Shahrisabz tumanida 2 ball, 78 km.
Avvalroq, 2022 yil 15 noyabr kuni Samarqand viloyatida ham 4 balli zilzila kuzatilgan va uning kuchi Navoiy hamda Qashqadaryo hududida ham sezilgandi.
Mavzuga oid
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
10:33 / 25.05.2026
Qashqadaryoda ikkita Nexia va yuk mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
15:09 / 24.05.2026