Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Adliya vazirligi Tramp ishi bo‘yicha maxsus prokuror tayinladi
AQSh bosh prokurorining fikricha, bunday qaror «jamoat manfaatlariga javob beradi». Trampning o‘zi buni «adolatsiz» va «siyosiy sabablarga ko‘ra» deb hisobladi.
AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga qarshi tergovni endi maxsus prokuror boshqaradi. Bu haqda 18 noyabr, juma kuni AQSh bosh prokurori Merrik Garlend ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qaror «jamoat manfaatlariga javob beradi». «So‘nggi voqealar, jumladan, sobiq prezidentning prezidentlikka nomzodini e’lon qilishi va amaldagi prezidentning (Jo Bayden) ham o‘z nomzodini ko‘rsatish niyati tufayli men maxsus prokuror tayinlash haqida shunday xulosaga keldim. Bu jamoatchilik manfaatlariga javob beradi», dedi Garland.
Jyek Smit Tramp ishi bo‘yicha maxsus prokuror etib tayinlandi. U Trampning Mar-a-Lago mulkidan olingan maxfiy hujjatlar bo‘yicha tergovga, shuningdek, Kapitoliyga bostirib kirishning alohida epizodlari bo‘yicha tergovga rahbarlik qiladi.
Smit bu holatlarda Trampga qarshi rasmiy ayblovlar bo‘yicha yakuniy qarorlarni qabul qilishi kerak bo‘ladi. AFP agentligining xabar berishicha, avvalroq Jyek Smit Haagadagi maxsus tribunal doirasida Kosovodagi harbiy jinoyatlarni tergov qilgan. Agentlikning qayd etishicha, Qo‘shma Shtatlar sobiq prezidenti uchun maxsus prokuror tayinlanishi AQSh Adliya vazirligining «siyosiy vositalashuvi» haqidagi gumonlarni yo‘q qilishiga qaratilgan bo‘lishi mumkin.
Donald Trampning o‘zi uni tergov qilish uchun maxsus prokuror tayinlanganini «adolatsiz» va «siyosiy sabablarga ko‘ra» deb bilishini aytdi. Fox News telekanalida u bu Qo‘shma Shtatlar tarixidagi «adolatning eng yomon siyosiylashuvi» ekanligini aytdi.
Bu AQShda Donald Tramp ishini tergov qilish uchun maxsus prokuror tayinlangan birinchi holat emas. 2017 yilda Tramp prezidentligi davrida bu ishni FQBning sobiq rahbari Robert Myuller bajargandi. U 2016 yilgi AQSh prezidentlik saylovlariga Rossiyaning aralashuvi haqidagi da’volarni tekshirgan. Biroq Myuller lavozimida bo‘lgan qariyb ikki yil davomida Tramp kampaniyasi va Rossiya o‘rtasidagi til biriktirish haqida yetarli dalillar topa olmadi.
Donald Tramp 15 noyabr kuni AQSh prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini ma’lum qildi. Ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, u respublikachi boshqa nomzodlar bilan solishtirganda yaqqol yetakchilik qilmoqda. Konservatorlar orasida sobiq prezident o‘zining partiyadosh raqiblaridan ko‘ra mashhurroq va ko‘plab fanatik tarafdorlarga ega.
Mavzuga oid
22:29
Tramp Netanyahuni aqlsizlikda aybladi va Eron bilan kelishuv 2–3 soat ichida imzolanishini aytdi
18:06
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
14:07
Tramp Venesueladagi narkokartel rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
11:18