Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2022. Shveytsariya Kamerunni mag‘lub etib, turnirni g‘alaba bilan boshladi
JCh-2022 G guruhi 1-turi doirasidagi Shveytsariya va Kamerun o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi.
Uchrashuvning 48-daqiqasida asli kamerunlik Embolo tomonidan Kamerun darvozasiga kiritilgan gol Shveytsariyaga musobaqani g‘alaba bilan boshlash imkoniyatini berdi – 1:0. Bu gol Brelning JChlardagi ilk goli bo‘ldi.
Shu tariqa, Murat Yakin murabbiyligidagi Shveytsariya guruhda 3 ochko bilan peshqadamga aylandi. Ikkinchi o‘yin bugun, 24 noyabr oqshomida Braziliya va Serbiya o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
JCh-2022. G guruhi. 1-tur
Shveytsariya – Kamerun 1:0
Gol: 1:0 – 48 Embolo.
Shveytsariya – Zommer, Vidmer, Elvedi, Akandji, Rodriges, Shaqiri (Okafor, 72), Jaka, Froyler, Sou (Fray, 71), Vargas (Rider, 81), Embolo (Seferovich, 72).
Kamerun – Onana, Fe, Nkulu, Kastelletto, Tolo, Zambo-Angissa, Gvet, Ongla (Ondua, 68), Shupo-Moting (Abubakar, 74), Toko-Ekambi (Nkudu, 74), Mbemo (Ngamale, 81).
Ogohlantirishlar: Fe (36), Elvedi (64), Akanji (83).
Mavzuga oid
20:20 / 14.06.2026
Shveytsariyada referendum: mamlakat aholisi sonini cheklash taklifi rad etildi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
21:21 / 03.06.2026