Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjonlik akademik O‘zbekistonning «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi
Ozarboyjon Milliy Fanlar akademiyasida akademik Shaxin Mustafoyevni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Elchi Bahrom Ashrafxonov O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik rishtalari tobora rivojlanib borayotgani, ikki davlat yetakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar nafaqat turkiy, balki butun dunyoga namuna bo‘layotganini ta’kidladi.
O‘z nutqi yakunida Bahrom Ashrafxonov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 30 avgustdagi farmonini o‘qib eshittirdi va “Do‘stlik” ordenini Shaxin Mustafoyevga tantanali ravishda topshirdi.
Akademik Shaxin Mustafoyev o‘z nutqida: “Men Samarqand shahrida 6 yil davomida YuNeSKO Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti rahbari bo‘lib faoliyat yuritganman. O‘zbek xalqi boy va qadimiy madaniyatiga hamisha mehr-muhabbat bilan munosabatda bo‘lganman. O‘zbekistonda faoliyatim yillarida bu mamlakat xalqi talanti, mehnatsevarligi va vatanparvarligiga guvoh bo‘ldim, ular orasida do‘stlarim ham bor. O‘zbekistonni ikkinchi vatanim, deb bilaman va o‘zbeklar yurtiga qayta-qayta borishni istayman”, dedi.
Mavzuga oid
09:24 / 20.06.2026
Zelenskiy Polshaning eng oliy ordenidan mahrum etildi
11:38 / 30.08.2025
Marhum Rustam Qosimov orden bilan taqdirlandi
13:08 / 05.08.2025
O‘zbekiston prezidenti Turkmaniston ordeni bilan mukofotlandi
17:10 / 13.03.2025