Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Better Cotton Initiative O‘zbekistonda vakolatxona ochishni rejalashtiryapti
O‘zbekistonning Shvetsiyadagi muvaqqat ishlar vakili Nodir G‘aniyev Better Cotton Initiative xalqaro notijorat tashkiloti operatsion direktori Lena Staafgard bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Muzokaralar chog‘ida Better Cotton Initiative tashkiloti O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish, mamlakat paxta-to‘qimachilik klasterlariga paxta yetishtirishni jahon andozalari darajasida tashkil etishga ko‘maklashish bo‘yicha rejalari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bugungi holati, O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari Shvetsiyaga eksportini oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.
Lena Staafgard Better Cotton Initiative tashkiloti o‘zbekistonlik hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
10:03 / 13.05.2026