Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Hindiston oziq-ovqat sohasida loyihalarni birga amalga oshiradi
O‘zbekistonlik tadbirkorlar Hindistonning Dehli shahrida bo‘lib o‘tgan SIAL India 2022 ko‘rgazmacida ishtirok etishdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
1964 yildan buyon dunyo turli shaharlarida o‘tkazib kelinadigan SIAL (Salon International de l’alimentation) xalqaro yarmarkasi oziq-ovqat va ichimliklar sohasidagi eng yirik tadbirlardan biri hisoblanadi.
Hindiston oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sanoati vazirligi ko‘magida tashkil etilgan bu yilgi yarmarkada 400 dan ortiq mahalliy hamda xorijiy kompaniyalar juda ko‘p turdagi oziq-ovqat va ichimlik mahsulotlari, quritilgan mevalar, qandolatchilik mahsulotlari, biologik faol qo‘shimchalar, qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar bilan ishtirok etdi.
Tashkilotchilar ma’lumotlariga ko‘ra, yarmarka ishi bilan dunyo 40 ga yaqin mamlakatlaridan kelgan 10 ming nafardan ortiq xaridor va mutaxassislar tanishdi.
O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi, Eksportni qo‘llab-quvvatlash agentligi hamda Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturi (UNDP) ko‘magida amalga oshirilgan ushbu safar doirasida o‘zbekistonlik ishbilarmonlar Hindiston yirik kompaniyalari bilan B2B uchrashuvlar o‘tkazishdi, mamlakat oziq-ovqat va ichimliklar sohasidagi istiqbolli loyihalarini birgalikda amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib borishdi.
Mavzuga oid
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
16:35 / 15.06.2026
«Sotilgan tovar qaytarib olinmaydi». Bu qonuniy talabmi?
19:25 / 01.06.2026