Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonda aviachipta chayqovchilari uzoq muddatga qamaldi
Turkmanistonda chiptalarni ustama narx bilan sotgan «Turkmenistan Airlines» kompaniyasi xodimlari uzoq muddatli qamoqqa mahkum etildi.
Foto: turkmenportal
Bu haqda TDH davlat axborot agentligining Davlat xavfsizlik kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha xabarida ma’lum qilindi. Mahkumlar TV orqali kechki «Vatan» dasturi efirida namoyish etildi.
Qayd qilinishicha, «Turkmenistan Airlines» rahbari vazifasini bajaruvchi Kerim Kerimov va uning tanishlari Abdirasul Mommadov va Chori Meredov, shuningdek, kassir Jyennet Gochgarugliyeva va uning sherigi To‘yguli Ortiqniyazov aviakompaniyadagi korrupsiya ishi bo‘yicha ayblanuvchi sifatida jalb qilingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ularning barchasi aviachiptalarni davlat tomonidan belgilanganidan yuqori narxda sotgan.
Sud hukmi bilan Kerimov 13 yil, Gochgarugliyeva 8 yil 3 oy, Mommadov va Meredov har biri 12 yil, Ortiqniyazov esa 11 yil qamoq jazosiga hukm qilingan. Ularning jinoiy daromadlari davlat foydasiga musodara qilingan.
Prezident Serdar Berdimuhamedov bunga izoh berar ekan, «korrupsiya Vatanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, aholi hayotiga zarar yetkazadi», deb ta’kidlagan.
Mavzuga oid
10:39 / 02.05.2026
Jinoyatni bosdi-bosdi qilib berishini aytib pul olgan IIB xodimi ushlandi
16:20 / 29.04.2026
Denovda «Shakki» laqabli zo‘ravon bir yigitni urib o‘ldirgani aytilmoqda
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026