Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda gaz idorasi mutasaddilari sotilgan gaz pulini o‘zlashtirib yubordi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Samarqandtumangaz” va “Urguttumangaz” bo‘limlarining suyultirilgan gaz tarqatish bo‘limi mas’ul shaxslari 300 million so‘mdan oshiq mablag‘larni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Samarqandtumangaz” bo‘limi SUG xizmati moddiy javobgar shaxslari 221 mln so‘mlik suyultirilgan gazni sotishidan tushgan mablag‘larni kirim qilmasdan, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgani aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Urguttumangaz”ning suyultirilgan gaz xizmati boshlig‘i U.B. va boshqalar 115,9 mln so‘mlik suyultirilgan gazni sotishdan tushgan mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Samarqandda aholiga imtiyozli narxda beriladigan gazni talon-toroj qilgan jinoiy guruh ushlangandi. O‘shanda, mazkur jinoiy uyushmaga bir qator mansabdor shaxslar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ham rahnamolik qilib kelishgani aytilgandi.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026