Ular «Nurobod gaz servis» MÇJga qaraşli «DAF» rusumli, 20 t siğimli yuk avtomaşinasida suyultirilgan uglevodorodli (propan) gazni taşiş bilan surunkali ravişda şuğullanib kelgan, deb xabar bermoqda Samarqand viloyat prokuraturasi.

Mazkur holat böyiça Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «v» bandi bilan qözğatilgan jinoyat işi tergovining birinçi kunidayoq 6 nafar jinoiy uyuşma a'zolariga nisbatan sud ajrimi bilan «qamoq» ehtiyot çorasi qöllanildi. Prokuratura bu raqamlar kölami kengayişi mumkinligini ta'kidlamoqda.

Tezkor ma'lumotlarga köra, mazkur jinoiy uyuşmaga bir qator mansabdor şaxslar va huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari ham rahnamolik qilib kelişgan.

Jinoyat işi tergovi şaxsan Samarqand viloyati 2-sektor rahbari — viloyat prokurori R.Maşaripovning nazoratiga olingan. Viloyat 2-sektor rahbari 10 nafar jinoyatni foş etişga yaqindan kömak berganlarga taşakkurnoma e'lon qilib, esdalik sovğalari ulaşdi.