Jamiyat | 22:02 / 19.12.2022
13068
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi vafot etdi

Spark mashinasi o‘zidan oldinda ketayotgan “GAZ-53” yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida sodir bo‘lgan YTHda Spark haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa 2022 yil 19 dekabr kuni soat 7:15 larda A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining Koson tuman “Pudina” QFYdan o‘tgan 73-kilometrida sodir bo‘lgan.

Mirishkor tumani “Zafarobod” MFYda yashagan haydovchi Spark mashinasi bilan Qarshi-Koson yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib, o‘zidan oldinda ketayotgan “GAZ-53” yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Oqibatda, Spark haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Spark yo‘lovchisi N.S. esa shifoxonada vafot etgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid