Jahon | 16:23 / 24.12.2022
13059
1 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko yil boshidan buyon sakkizinchi marta Rossiyaga bordi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko yana Rossiyaga bordi. U 5 kun avval Minskga rossiyalik hamkasbi Putin bilan uchrashgan edi.

Foto: «Belta» axborot agentligi.

Bu gal Lukashenko Putinning taklifiga binoan Moskva yaqinidagi kosmonavtlarni tayyorlovchi Yulduzlar shaharchasiga borgan. U yerda ayni damda belaruslik kosmosga uchishga da’vogarlar mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

Lukashenko shaharchaga safari davomida belaruslik kosmonavtlar bilan gaplashdi, Yuriy Gagarinning xizmat mashinasini tomosha qildi. 26-27 dekabr kuni Belarus prezidenti Lukashenko Sankt-Peterburg shahrida Putinning tashabbusi bilan tashkil etilayotgan MDH davlatlari norasmiy sammitida ham ishtirok etadi.

Lukashenko 2022 yil davomida sakkizinchi marta Rossiyaga bordi. 5 kun avval Lukashenko va Putin Minskda uchrashgan edi. O‘shanda Rossiya prezidenti Putin 3 yil ichida ilk marta Belarusga tashrif buyurgandi. G‘arb OAVlari o‘sha uchrashuvda Putin Lukashenkoni Ukrainadagi urushga faol qo‘shilishga ko‘ndirishga urinib ko‘rgani, ammo buni uddalay olmagani haqida yozgandi.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов

Mavzuga oid