Jahon | 12:17 / 27.12.2022
36012
2 daqiqa o‘qiladi

Putin MDH norasmiy sammitida Mirziyoyevga uzuk sovg‘a qildi

Rossiya prezidenti MDH davlatlari rahbarlarining barchasiga uzuk sovg‘a qildi, ammo uni faqat Aleksandr Lukashenko taqib oldi.

26 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda MDH davlatlari rahbarlarini norasmiy sammitda qabul qildi.

Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston prezidenti Nikol Pashinyan, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirok etdi.

«Kommersant» xabariga ko‘ra, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko davlat rahbarlari yig‘ilishga katta uzuk taqqan holda kelgan. Bundan oldin u hech qachon uzuk bilan ko‘rinish bermagan edi.

Qayd etilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bunday uzukni sammitda ishtirok etgan MDH davlatlari rahbarlarining barchasiga sovg‘a qilgan. Unda Putinning yangi yil tilaklari yozilgan. Ammo uzukni faqat Lukashenko taqib olgan.

Yig‘ilishda Vladimir Putin sammit ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirdi.

«Aziz do‘stlar, Sankt-Peterburgga kelish taklifiga javob berganingiz uchun yana bir bor rahmat. Bu umumiy istak edi, biz bunga bir necha bor qaytdik, lekin baribir, rasmiy ravishda bu Rossiyaning tashabbusi va uni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun sizlardan minnatdorman», dedi Rossiya prezidenti.

Mavzuga oid