Jahon | 18:50 / 30.12.2022
20851
7 daqiqa o‘qiladi

Donbassdagi ukrain tankchilari va Belarusga tushgan raketa. Urush suratlari

Ukrainada urushning 309-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya Ukraina shaharlari bo‘ylab yoppa raketa zarbalari yo‘lladi. 282 ta aholi yashash manzili elektr energiyasisiz qolgan, Kiyevda uch kishi yaralangan, ulardan biri o‘smir yoshidagi qiz;
  • Belarus mudofaa vazirligi Brest oblasti osmoni ustida Ukraina hududidan uchib kelgan S-300 raketa majmuasi raketasi havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilganini ma’lum qildi;
  • Bryansk va Saratov oblastlarida havo hujumidan mudofaa kuchlari dronlarni urib tushirgani ma’lum;
  • Putin “DXR” va “LXR”, shuningdek annexia qilingan Xerson va Zaporijjya oblastlariga prokurorlar tayinladi;
  • RF prezidenti yana bir qator yangi qonunlarni imzoladi. Ular orasida Georgiy lentasini harbiy shon-shuhrat ramziga tenglashtiruvchi hamda qo‘poruvchilik harakati uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risidagi qonunlar bor.

Ukraina shaharlari bo‘ylab zarbalar

29 dekabr kuni Rossiya yana bir bor Ukrainaning bir qancha oblastlari bo‘ylab zarbalar yo‘lladi. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lumotiga ko‘ra, ukrain shaharlariga jami 69 raketa uchirilgan (shundan 54 tasi urib tushirilgan). Mikolayiv oblasti rahbari Vitaliy Kimning so‘zlariga ko‘ra, raketalardan tashqari Eron dronlari bilan ham hujum qilingan.

Otishmalar chog‘ida Kiyev, Lviv, Xarkiv, Odessa va Ivano-Frankovsk oblastlaridagi binolar shikastlangan. Poytaxtda uch kishi yaralangan.

Kiyev osmonida raketadan qolgan iz
Anna Voitenko / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevliklar otishma vaqtida metroda yashirinmoqda
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyev atrofida raketa zarbasidan yakson bo‘lgan uy yaqinida turgan ayol
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA
Xersonlik keksa ayol rossiyaliklar zarbasidan vayron bo‘lgan uyi oldida
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Zaporijjya oblastidagi Stepnoye qishlog‘ida rossiyaliklar raketasi kelib tushishidan shikastlangan uy tomini tuzatayotgan kishi
Dmytro Smolienko / Ukrinform / SIPA / Scanpix / LETA
Stepnoyeda otishmalar chog‘ida shikastlangan uydagi xonaning ichki ko‘rinishi
Dmytro Smolienko / SIPA / Scanpix / LETA

Odessada Yekaterina II yodgorligi snos qilinishi

29 dekabrga o‘tar kechasi Odessada shahar asoschilari yodgorligi buzib tashlandi. Kompozitsiyadagi asosiy figura Rossiya imperatritsasi Yekaterina II haykali edi. Yodgorlik 1900 yilda o‘rnatilgan, 20 yil o‘tib, sovetlar hokimiyatga kelganida uni olib tashlashgan. 2007 yilda monument Odessa markaziga qaytarilgan. Ammo uni yana olib tashlash masalasi tez-tez kun tartibiga chiqib turgan. 2022 yil 30 noyabrda baribir yodgorlikni olib tashlashga qaror qilishdi. Uni saqlash uchun Odessa milliy rassomchilik muzeyiga topshirishgan. Avvalroq olib tashlangan lashkarboshi Aleksandr Suvorovning haykali ham o‘sha muzeyga joylashtirilgan.

Shahar asoschilari yodgorligidagi figuralardan birining demontaj qilinishi
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Yekaterina II haykali
Serhii Smoliensev / Reuters / Scanpix / LETA

Xerson oblastida eksgumatsiya jarayoni 

Harbiy jinoyatlar bo‘yicha prokuror, politsiyachilar hamda mahalliy aholi vakillari 18 sentabr kuni, Rossiya okkupatsiyasi chog‘ida Pravdino qishlog‘ida o‘ldirilgan 58 yoshli Nadejda Medvidivoyaning jasadi qoldiqlarini eksgumatsiya qilmoqda. Pravdino Xersondan taxminan 40 kilometr g‘arbda joylashgan. RF armiyasi noyabr oyida Xerson oblastidan chekingach, ukrain harbiylari tinch aholi vakillari ko‘milgan ommaviy qabrlarni aniqlay boshlashdi. So‘nggi birodarlik qabristoni 21 dekabr kuni topildi.
(Photo by Dimitar DILKOFF / AFP)

Donbassdagi ukrain tankchilari

Rossiya Donetsk yo‘nalishida Baxmut va boshqa shahar hamda qishloqlarga yurish qilishda davom etmoqda. Harbiy ekspertlar fikricha, bu hujumlarni qishning sovuq kunlari ham to‘xtatishi dargumon. Shu bilan birga, harbiy sharhlovchi Yuriy Fedotovning aytishicha, RF armiyasi zarur zaxiralar va texnika yetishmovchiligi, shuningdek qo‘mondonlik layoqatsizligi tufayli jiddiy muvaffaqiyatlarga erisha olmaydi.
«Safarbarlik Ukraina kuchlarining Luhansk oblastidagi yurishini to‘xtatish, Baxmutga yurishni kuchaytirish imkonini berdi. Ha, Rossiya yana 150 ming kishini jangga tashlashi mumkin, ammo bu yerda shunchaki odamlar to‘dasini yuborish yaramaydi. Ularni jangovar birliklar, harbiy kollektivlarga aylantirish talab etiladi», — deb hisoblaydi Fedotov.

Sameer Al-Doumy / AFP / Scanpix / LETA
Sameer Ail-Doumy / AFP / Scanpix / LETA

Front chizig‘idagi “DXR” jangchilari

“DXR” “xalq militsiyasi” harbiy xizmatchisi front chizig‘i yaqinida yangi yil archasi oldida xat o‘qimoqda
Alexei Alexandrov / AP / Scanpix / LETA
“DXR” “xalq militsiyasi” harbiysi boshpanada isinmoqda
Alexei Alexandrov / AP / Scanpix / LETA

Belarus hududiga tushgan raketa

29 dekabr tongida Belarus rasmiylari mamlakat hududiga ukrainlarning S-300 tizimidan uchirilgan raketasi qulaganini ma’lum qildi. Keyinroq Minskdagilar raketa havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgani va Brest oblastining Gorbax qishlog‘i hududiga tushganini xabar qilishdi. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Vadzim Yakubionak / BelTA / Reuters / Scanpix / LETA

 Ozod etilgan Xarkiv oblastida qish

Stariy Saltovada yashovchi ayol suv solingan idishni olib ketmoqda. Bu posyolka Xarkivdan 45 kilometr sharqda joylashgan. Hudud urushning ilk kunlaridanoq Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingandi, Ukraina qurolli kuchlari uni may oyi boshlarida ozod etdi. Stariy Saltov janglar vaqtida kuchli darajada vayron bo‘lgan. Hududda yashagan to‘rt ming kishidan faqat yuzga yaqini qolgan. Hozirda odamlar uylariga qayta boshladi.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Stariy Saltov orqali Shimoliy Don daryosi oqib o‘tadi. Rossiyaliklarning Xarkiv tomon yurishini to‘xtatish uchun 5 mart kuni ukrain harbiylari posyolka yaqinida to‘g‘on ko‘prigini portlatishgandi. Hozircha ko‘prik tiklanmadi, odamlarni daryoning bir sohilidan ikkinchisiga o‘tkazish bilan ko‘ngillilar shug‘ullanmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid