O‘zbekiston | 08:15 / 04.01.2023
9104
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda xalqaro aviatsiya forumi o‘tkaziladi

Foto: Kun.uz

“Samarqand viloyati turizm va transport salohiyatidan samarali foydalanish, viloyatni “Samarqand – Yangi O‘zbekiston turizm darvozasi” konsepsiyasi asosida rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

“Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” targ‘ibot kampaniyasi yo‘lga qo‘yiladi. 2026 yil 1 yanvargacha tadbirkorlar:

  • 4 yulduzli va undan yuqori toifagali mehmonxona uchun zarur tovarlarni olib kirganda bojxona bojini to‘lashdan;
  • Samarqand turistik markazida qurilish uchun “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga olib kiriladigan uskunalar uchun davriy bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etiladi.

2023 yilning 1-choragida Samarqand shahrida “Aviation & Logistics Forum” II xalqaro aviatsiya forumi o‘tkaziladi.

Samarqand turistik markazi hududida chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘konlari tashkil etiladi.

2023 yil 1 sentabrgacha shaharlararo va xalqaro avtobus qatnovlari axborot texnologiyalari orqali yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur tizimda: chiptalarni “Uzbus” platformasida xarid qilish tartibi; avtobuslarga GPS qurilmalarini o‘rnatish hamda monitoring qilish bo‘yicha yagona platforma yaratiladi.

2023 yil 1 fevralgacha Aeroportda turizm axborot markazi tashkil qilinadi. 

BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleya navbatdagi 25-sessiyasini Samarqand shahrida o‘tkazish belgilangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid