O‘zbekiston | 14:21 / 04.01.2023
7136
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrining qator mahallalarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Poytaxtning Shayxontohur tumanida joylashgan bir necha mahallalarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Foto: Shutterstock

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, Shayxontohur tumani Ibn Sino mavzesi, Beltepa ko‘chasidan o‘tgan o‘rta bosimli gaz quvurida nosozlik yuzaga kelgan.

Shu bois, 2023 yil 5 yanvar soat 10:00 dan 19:00 ga qadar Shayxontohur tumanining bir necha mahallalarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

  • Beltepa ko‘chasidagi 23 ta ko‘p qavatli uy;
  • Ibn Sino mavzesidagi 13 ta ko‘p qavatli uy;
  • Jarariq mavzesidagi 21 ta ko‘p qavatli uy;
  • Mingtepa ko‘chasidagi 4 ta ko‘p qavatli uy;
  • Yangi Jarariq mahallasidagi 900 ta xonadon;
  • Oqibat ko‘chasidagi 150 ta xonadon;
  • Uyg‘un ko‘chasidagi 150 ta xonadon;
  • Ipakchilik mahallasidagi 140 ta xonadon.

Shuningdek, 8 ta novvoyxona, 14 ta ovqatlanish shoxobchasi, 8 ta ishlab chiqarish korxonasi hamda 4 ta MTT da ham gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

3-Issiqlik markazida gaz bosimi me’yoridan past bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid