Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha qo‘shimcha choralar qabul qiladi
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Ichki ishlar vazirligining profilaktika inspektorlari alkotester qurilmalaridan foydalangan holda shaxs mastlik holatida ekanini aniqlash hamda sodir etilgan jinoyatlar kelib chiqish sabablari va ular sodir etilishiga imkon yaratib bergan shart-sharoitlarni jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish jarayoniga ichki ishlar organlari mintaqa boshliqlari qatnashishini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanadi.
Belgilanishicha:
a) Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari alkotester qurilmalaridan quyidagi holatlarda foydalanadi:
- nazorat ostidagi shaxslar “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi qonun 7-moddasida belgilangan alkogolli ichimliklarni iste’mol qilishni taqiqlash to‘g‘risidagi ma’muriy cheklovga rioya etishini tekshirish;
- Jinoyat kodeksi 48-1-moddasiga asosan sud tomonidan zimmasiga alkogolli ichimliklar iste’mol qilmaslik kabi qo‘shimcha taqiqi yuklatilgan mahkum ushbu taqiqqa rioya etishini nazorat qilish;
- Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 32-moddasi 6-bandiga asosan Ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat etib belgilangan huquqbuzarlik mast holda sodir etilganini aniqlash;
- b) sodir etilgan jinoyatlar kelib chiqish sabablari va ular sodir etilishiga imkon yaratib bergan shart-sharoitlarni jamoatchilik o‘rtasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘tkaziladigan muhokama jarayoniga ichki ishlar organlari mintaqa boshliqlari faol qatnashishi shart.
Ichki ishlar vazirligi:
- alkotester qurilmalarini qo‘llash tartibi, fuqarolar va profilaktika inspektorlari huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
- 2024 yil yakuniga qadar profilaktika inspektorlari uchun alkotester qurilmalarini ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantirish jamg‘armalari hisobidan davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tender o‘tkazish orqali bosqichma-bosqich xarid qilish choralarini ko‘radi;
- alkotester qurilmalari yordamida mastlikni aniqlash tartibini yo‘lga qo‘yish va uning samaradorligini oshirish maqsadida profilaktika inspektorlari malakasini oshirish yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etadi;
- sodir etilgan jinoyatlar kelib chiqish sabablari va ular sodir etilishiga imkon yaratib bergan shart-sharoitlarni jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish jarayoniga ichki ishlar organlari mintaqa boshliqlari qatnashishini ta’minlaydi.
Mavzuga oid
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
13:04 / 03.05.2026
PPX xodimini 14 yoshli qizga shilqimlik qilganlikda ayblagan yigit qamaldi
18:47 / 06.04.2026
Ichki ishlar xodimini urgan haydovchi uzr so‘radi
19:40 / 03.04.2026