Jamiyat | 16:34 / 10.01.2023
27310
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda maktab o‘quvchilari va OTM talabalari bo‘lgan qizlar ommaviy mushtlashdi

Janjalda o‘n ikki nafar qiz ishtirok etgan.

Foto: Viloyat IIB axborot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahridagi bog‘lardan birida bir guruh qizlar o‘rtasida ommaviy janjal sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati holatni tasdiqladi.

Holat ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘rganilganda hodisa 2022 yil 20 dekabr kuni sodir bo‘lgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, kelishmovchilikka Sharof Rashidov tumanidagi o‘rta umumta’lim maktablaridan birida o‘qiydigan qizlar tomonidan ochilgan telegram kanalidagi o‘zaro yozishmalar sabab bo‘lgan.

Ommaviy janjalda 12 nafar qiz ikki guruhga bo‘lingan holda bir-birini do‘pposlagan. Hozirda IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, mushtlashuvda umumta’lim hamda kasb-hunar maktablari o‘quvchilari bo‘lgan qizlardan tashqari oliy o‘quv yurtlari talabalari ham qatnashgan.  

Mavzuga oid