O‘zbekiston | 11:43 / 11.01.2023
3347
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istondan asosan qanday oziq-ovqat mahsulotlari sotib olinayotgani aytildi

Qozog‘istondan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida Qozog‘istondan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmi ma’lum qilindi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan davrda bug‘doy importi hajmi 2,5 mln tonnani tashkil etgan.

Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 374,5 ming tonna hamda 155,1 ming tonna hajmda sotib olingan bug‘doy uni va kartoshka joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

  • arpa – 98,9 ming tonna;
  • o‘simlik yog‘i – 81,7 ming tonna;
  • margarin mahsulotlari – 40 ming tonna;
  • makkajo‘xori – 37 ming tonna;
  • qoramol go‘shti – 16 ming tonna;
  • sut mahsulotlari – 4,4 ming tonna;
  • qandolat mahsulotlari – 2,3 ming tonna;
  • kakao va shokolad – 1,6 ming tonna.

Mavzuga oid