Jahon | 16:00 / 15.01.2023
25012
9 daqiqa o‘qiladi

Dniproda raketa zarbasi oqibatlari, Donbassdagi og‘ir janglar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 325-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya Ukraina shaharlariga yana raketa zarbalari yo‘lladi. Xarkiv, Lviv, Ivano-Frankovsk, Zaporijjya, Vinnitsa va Kiyev oblastlarida energetika obektlari shikastlangan, Dniproda to‘qqiz qavatli uyning ikki pod’yezdi qulab tushdi;
  • Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi Soledar uchun janglar davom etayotganini ma’lum qildi. Bungacha Rossiya mudofaa vazirligi shahar rossiyalik harbiylar nazoratiga o‘tganini xabar qilgandi;
  • Buyuk Britaniya  bosh vaziri Rishi Sunak Volodimir Zelenskiy bilan telefon muloqoti chog‘ida London Ukrainaga Challenger 2 tanklarini bermoqchi ekanini tasdiqladi;
  • Aktyor Dmitriy Nazarov va uning rafiqasi Olg Vasileva urushga qarshi chiqishgani uchun Chexov nomidagi teatrdan ishdan bo‘shatildi;
  • Harbiy prokuratura RF hududida BMT rasmiy saytini bloklashni talab qildi.

Kunning asosiy voqeasi. Rossiyaning Dniprodagi uyga raketa zarbasi

Ukraina shaharlariga navbatdagi zarbalar chog‘ida Rossiya raketalaridan biri Dniprodagi to‘qqiz qavatli uyga kelib tushdi. 15 yanvar tongidagi ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 21 kishi halok bo‘lgan, 70 dan ortiq kishi yaralangan. Yana 40 ga yaqin kishining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. Voqea joyida qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Ukrainalik qutqaruvchilar hali ostida odamlar qolgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan xarobalarni tozalashmoqda
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA
Mahalliy aholi qutqaruvchilarga yordam ko‘rsatmoqda
Vitalii Matokha / AFP / Scanpix / LETA
O‘t o‘chiruvchi rossiyaliklar raketasi kelib tushgan joydagi yong‘inni o‘chirmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Dniproda o‘zi yashagan uyga rossiyaliklar raketasi kelib tushishidan omon qolgan ayol
Dniproliklar Rossiya raketasi kelib tushgan uy oldida mashinani beton parchalari ostidan olib chiqishda qutqaruvchilarga yordamlashmoqda
EPA / Scanpix / LETA
Rossiyaliklarning Dniproga raketa zarbasi kelib tushgan joyda ishlayotgan qutqaruvchilar
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA
Dniproda rossiyaliklar raketa zarbasidan shikastlangan uy kvartiralaridan birining balkonida turib qutqaruvchilarni kutayotgan kishilar
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA
Rossiya raketa zarbasidan qulagan pod’yezdlar o‘rnida ishlayotgan qutqaruvchilar
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Qutqaruvchilar Dniproda to‘qqiz qavatli uy xarobalari ostidan qurbonlardan birining jasadini olib chiqishmoqda
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA

Soledar atrofidagi harbiy mediklar 

Ukraina armiyasi sanitarlari Soledar atrofidagi janglarda yaralangan quroldoshini olib ketishmoqda
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Soledar yaqinida yaralangan ukrainalik jangchi sanitar mashinasiga chiqarilmoqda
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina armiyasi sanitari Soledar atrofida yaralangan jangchi sumkasini patronlardan bo‘shatmoqda
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Donetsk oblastining egallab olingan Soledar shahri aholisi evakuatsiyasi 

Soledar aholisi vakillari avtobusda, ular Donetsk oblastining Rossiya nazoratidagi Shaxtyorsk shahriga olib ketilmoqda
sAP / Scanpix / LETA
Donetsk oblastining Shaxtyorsk shahriga olib kelingan soledarliklar
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Shaxtyorskda Soledar aholisi joylashtirilgan yotoqxona. 13 yanvar kuni Rossiya mudofaa vazirligi shahar egallanganini ma’lum qildi, ammo ukrainalik harbiylar Soledar uchun janglar davom etayotganini aytishmoqda.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Shimoliy Don bo‘yida yakson qilingan rus texnikalari

Muzlagan Shimoliy Don daryosining o‘ng sohilida janglar vaqtida yakson etilgan rossiyaliklar zirhli texnikalari
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Harbiy mediklar ukrainalik yarador askarni qutqarishga urinishdi. Ammo u halok bo‘ldi

Bu fotosuratlar muallifi, ukrainalik fotograf Konstantin Liberov o‘z kadrlarini butun urush davridagi «eng og‘riqlisi» deb atadi. Jurnalist Luhansk oblastida, tutashuv chizig‘idan ikki kilometr masofada joylashgan tibbiyot punktida yashab, ishlamoqda. Liberovning aytishicha, shu kuni harbiy mediklar boshiga oskolka tekkan askarga yordam berish uchun yo‘l olishgan. U rossiyaliklar vertolyoti yo‘llagan zarbalar oqibatida yaralangan. Mashinada vrach 15 daqiqa davomida uni hayotga qaytarishga uringan, ammo uni saqlab qololmagan.

Kreminna atrofidagi janglarda og‘ir yaralangan ukrainalik askar jang maydonidan evakuatsiya qilinmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Harbiy medik mashinada yarador askarga yordam ko‘rsatmoqda. Bu vaqtda haydovchi shifokorga xalal bermaslik uchun mashinani sekinroq haydashga urinmoqda. Foto: Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Harbiy mediklar halok bo‘lgan askar jasadini plastik qopga o‘ramoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Luhansk oblastidagi janglar

Hozirda asosiy e’tibor Soledarga jalb etilganiga qaramay, frontning boshqa uchastkalarida, jumladan Luhansk oblastining rossiyaliklar bosib olgan Kreminna rayoni hududida ham janglar olib borilmoqda. Quyida Luhansk oblastida 12 va 13 yanvar kunlari tushirilgan suratlar. 

Ukrainalik harbiy Kreminna hududida tank ta’mirlamoqda
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik askar konserva bankasidan tayyorlangan okop shamini tutib turibdi. Bunday shamlar faqat yoritibgina qolmasdan, okoplarda biroz bo‘lsa ham isinib olish imkonini beradi.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainlar tanki Kreminna atrofida rossiyaliklar pozitsiyalariga o‘t ochmoqda
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Rossiyaliklarning Mi-24 vertolyoti. Surat Rossiya bosib olingan hududda tushirilgan.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainlarning Belarus bilan chegaradagi istehkomlari

13 yanvar kuni Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov Rossiya armiyasi yana Belarus hududidan hujum qilishi mumkinligi to‘g‘risidagi versiyani rad etdi. Reznikovning hisoblashicha, bunday amaliyotga tayyorgarlik ko‘rish uchun hozirda Rossiya armiyasida vaqt ham, resurslar ham yo‘q. Shunga qaramay, Ukraina mamlakat shimolidagi mudofaa chiziqlarini mustahkamlamoqda. 12 yanvar kuni Belarus bilan chegaradosh Roven oblasti rahbari Vitaliy Koval region aholi yashash manzillarini mudofaa qilishga tayyorgarlik ko‘rishda davom etayotganini aytdi. 

Hududiy mudofaaning Volin brigadasi Belarus bilan chegaradagi pozitsiyalarda
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Blindajdagi ukrainalik chegarachilar
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainaning Belarus bilan chegarasidagi mudofaa istehkomlari
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Lvivda blekaut

Oktyabr oyidan buyon Ukrainaning muhim infratuzilmalariga raketa zarbalari berib kelinmoqda. Buning oqibatida mamlakatda yengilmas punktlar ochilgan — energiya uzoq vaqt o‘chgan vaqtda odamlar bu yerlarga kelib isinishi va tokdan foydalanishi mumkin. Kiyevdagi Shevchenko parkida 12 yanvar kuni «yengilmas o‘tov» paydo bo‘ldi. Bu ish bilan mahalliy qozoq diasporasi ko‘ngillari shug‘ullanishgan. Ular Ukrainaning yana olti shahrida, jumladan Lvivda ham shu kabi o‘tolar ochishni mo‘ljallagan. Hozirda bu shaharda har kuni soat 8 dan 16 ga qadar tok o‘chirilmoqda — grafik Ukraina energiya tizimidagi vaziyatga bog‘liq.

Lvivda rossiyaliklarning zarbalaridan keyingi elektr energiya o‘chishi, 12 yanvar
Pavlo Palamarchuk / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Mavzuga oid