Kiyevdagi Taras Şevçenko boğida «yengilmas ötov» - qozoq diasporasi tomonidan qurilgan yiğiluvçi uy paydo böldi, u yerda Rossiya öqqa tutilişi oqibatida elektr uzilib qolganda isiniş, çoy içiş va uyali telefonni quvvatlantiriş mumkin. «Ukraina segodnya» telegram-kanalida 12 yanvar, payşanba kuni ötov qurilişi haqida videoreportaj paydo böldi, uning rasmiy oçilişi 14 yanvarga rejalaştirilgan.

Bu ikkinçi «yengilmas ötov». Birinçisi 6 yanvar kuni Buçada qurilgan va uning oçilişi Rossiya Taşqi işlar vazirligining Qozoğiston rasmiylariga nisbatan tanqidiga sabab bölgan. Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Qozoğiston rasmiylarining uning qurilişida ehtimoliy iştiroki «Rossiya-Qozoğiston strategik şeriklik va ittifoq»ga zarar yetkazişi mumkinligini aytdi va Ostonadan rasmiy izoh söradi.

Qozoğiston Taşqi işlar vazirligining rasmiy vakili Aybek Smadiyarov «Radio Azattyk»ga bergan intervyusida Qozoğiston elçixonasining ötov qurilişiga aloqasi yöqligini, bu şaxsiy taşabbus ekanini aytdi. «Biz bu ötovni örnatişda heç qanday muammo körmayotganimiz uçun bu borada alohida fikr bildirişni şart emas, deb hisoblaymiz. Aksinça, ötovimiz borligidan faxrlanamiz», — dedi u.

Ötov qurilişida iştirok etgan qozoğistonlik faolning sözlariga köra, xuddi şunday ötovlar Lviv, Odessa, Xarkiv va Çerkassda paydo böladi.