Jahon | 21:43 / 16.01.2023
8922
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada qotillikda ayblangan o‘zbekistonlik xalqaro qidiruvga berildi 

34 yoshli Furqat Saloyev Samara shahri yaqinida ikki ayolni o‘ldirishda gumonlanmoqda. 

Foto: Rossiya tergov qo‘mitasi

Rossiyaning Samara viloyatida ikki ayolni o‘ldirish va bosqinchilik qilishda ayblangan O‘zbekistonning 34 yoshli fuqarosi Furqat Saloyev xalqaro qidiruvga berildi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi hududiy boshqarmasiga tayanib, Lenta ma’lum qildi. 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil 26 dekabrga o‘tar kechasi Saloyev 74 yoshli nafaqaxo‘r ayol va uning 47 yoshli qizini pichoqlab o‘ldirgan va 300 ming rubl pulini olib, g‘oyib bo‘lgan. Yigit ularning uyida ta’mirlash ishlarini bajarayotgan bo‘lgan. Unga nisbatan bosqinchilik va qotillik jinoyatlarini sodir etganlik ayblovi sirtdan e’lon qilingan.  

Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, u Rossiya hududini tark etishga muvaffaq bo‘lgan. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid