O‘zbekiston | 12:11 / 19.01.2023
2707
1 daqiqa o‘qiladi

Londonda O‘zbekiston-Britaniya savdo va sanoat kengashi majlisi o‘tkaziladi

Buyuk Britaniya Xalqaro savdo vazirligi bosh direktori Endryu Mitchell va O‘zbekiston elchisi Said Rustamov muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo

“Dunyo” xabariga ko‘ra, O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi yuqori darajadagi va institutsional muloqotni yanada rivojlantirish, savdo, investitsiya va moliya sohalaridagi hamkorlik bo‘yicha yangi imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsad qilingan.

Endryu Mitchell O‘zbekistonda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy muhitni yanada yaxshilash, eksport bozorlarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayoniga baho berar ekan, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish borasida ulkan imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston-Britaniya savdo va sanoat kengashi navbatdagi majlisini joriy yilda London shahrida o‘tkazish hamda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan  qator tashriflar va taqdimot tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid