Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniyalik Shvetsiyada Qur’on yoqdi. Erdo‘g‘an bunga munosabat bildirdi
Turkiya prezidentining aytishicha, endi Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lish uchun yordam olmaydi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Shvetsiya Turkiya ushbu mamlakat NATOga kirishini ma’qullashidan umid qilmasligi kerakligini bildirdi. Erdo‘g‘an daniyalik o‘ta o‘ng siyosatchi dam olish kunlarida Stokholmdagi turk elchixonasi yaqinida Qur’oni karimni yoqib yuborganiga javoban shunday bayonot berdi.
«Shvetsiyadagi bu nopok harakatlar (...) musulmonlarni, shuningdek, barcha odamlarning huquq va erkinliklarini haqorat qilish hisoblanadi. Siz [KIP] terrorchilarini qo‘llab-quvvatlashda davom etyapsiz, shuningdek, NATOga qo‘shilish uchun yordamni kutyapsiz.
Shvetsiya bizdan NATOga a’zolikni qo‘llab-quvvatlashimizni kutmasligi kerak. Mamlakatimiz elchixonasi oldida bunday sharmandalik bo‘lishiga yo‘l qo‘yganlar endi biz tomonimizdan ularning foydasiga iltifot bo‘lishiga umid qila olmasligi aniq», dedi Turkiya rahbari.
Rossiyaning Ukrainaga hujumidan keyin Shvetsiya va Finlyandiya NATOga a’zo bo‘lib kirish uchun ariza topshirdi, ammo Turkiya, alyans a’zosi sifatida ularning qabul qilinishiga to‘sqinlik qilishi mumkin edi - va shu vaqtga qadar bu mamlakat tegishli hujjatlarni ratifikatsiya qilmadi.
Anqara Stokgolmdan asosan turk kurdlaridan (Turkiya hukumati ularni terrorchilar deb hisoblaydi) iborat bo‘lgan 70 dan ortiq kishini ekstraditsiya qilishni talab qilmoqda.
Avvalroq Turkiya Shvetsiya mudofaa vaziri Pol Yunsonning Anqaraga rejalashtirilgan tashrifini bekor qilgandi. Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar bu tashrif o‘z ma’nosini yo‘qotganini aytgandi.
Stokholmdagi aksiya 21 yanvar kuni Daniyada so‘nggi saylovlarda 1,8 foiz ovoz olgan, islom diniga qarshi ultrao‘ng Stram Kurs («Keskin kurs») partiyasi yetakchisi Rasmus Paludan tomonidan uyushtirildi. Shvetsiya politsiyasi elchixona oldida aksiya o‘tkazishga ruxsat bergan, ammo Qur’oni karimni yoqishga emas, Paludan esa elchixonadan uncha uzoq bo‘lmagan hududda shu ishni qilgan.
Shvetsiya hukumati ham bu harakatni qoraladi.
«Shvetsiyada - so‘z erkinligi mavjud, ammo bu Shvetsiya hukumati yoki shaxsan men bunday fikrlarni qo‘llab-quvvatlayman degani emas», dedi shanba kuni mamlakat tashqi ishlar vaziri Tobias Billstryom.
Billstryom Erdo‘g‘anning so‘nggi bayonotiga munosabat bildirmadi, u birinchi navbatda turklar prezidenti aynan nimalar deganiga aniqlik kiritib olmoqchi.
«Biz Shvetsiya, Finlandiya va Turkiyaning NATOga a’zolik bo‘yicha imzolangan kelishuvga amal qiladi», deya qo‘shimcha qilgan vazir.
Turkiya tomoni hukumat a’zolarining bu aksiyani qoralashining o‘zi yetarli emasligini aytishmoqda - ular hukumat bunday aksiyaga ruxsat bermasligi kerak edi deb hisoblaydi.
«Muqaddas narsalarni haqorat qilishga hech kimning haqqi yo‘q. Biz nimadir desak, rostini aytamiz, agar kimdir bizning or-nomusimizga tajovuz qilsa, biz ularni o‘z joyiga qo‘yib qo‘yamiz», degan Erdo‘g‘an dushanba kuni televideniye orqali chiqishida Shvetsiya masalasida gapirar ekan.
13 yanvar kuni Stokholmdagi shvetsiyalik kurdlar Erdo‘g‘an qiyofasidagi qo‘g‘irchoqni oyog‘idan osib qo‘yishgandi. Bu aksiya ham Anqarani g‘azablantirgan. Shvetsiya sudi esa Kurdiston ishchilar partiyasi tarafdorlarining bu aksiyasini tekshirishdan bosh tortdi.
Shvetsiya bosh vaziri Olaf Kristersson bu aksiya ishtirokchilari mamlakatning NATOga a’zo bo‘lishini barbod qilishga uringanini aytgan, uning hukumati a’zolaridan biri aksiyani buzg‘unchilik deb baholagan, ammo Anqara birgina qoralashning o‘zi yetarli emasligini bildirgandi.
Shuningdek, Shvetsiya va Finlandiya hukumati Turkiya tomoni terrorchi deb hisoblagan 130 ga yaqin kurdni Anqaraga ekstraditsiya qilishdan bosh tortgan.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026