Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida 81-o‘ringa ko‘tarildi
Rossiyaning USM Holdings Limited kompaniyasi egasi, asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning boyligi yil boshidan buyon 1,26 mlrd dollarga ko‘payib, 19,7 mlrd dollarga yetdi.
Foto: Bloomberg
Milliarder Alisher Usmonovning boyligi joriy yil boshidan beri 1,26 milliard dollarga ko‘payib, 19,7 milliard dollarga yetgan. Usmonov Bloomberg Billionaires Index ro‘yxatida 81-o‘rinda qayd qilindi.
Louis Vuitton brendi egasi Bernar Arno reytingda birinchi o‘rinni egallab turibdi. Bloomberg uning boyligini 192,9 mlrd dollarga baholadi. Ilon Mask 169 mlrd dollar bilan ikkinchi, Jyeff Bezos 129 mlrd bilan uchinchi o‘rinda qayd etilgan.
Avvalroq, Alisher Usmonovning huquqshunoslari nemis matbuotidagi o‘ziga nisbatan ayblovlar ilgari surilgan maqolalar bo‘yicha raddiya berilishiga erishgani xabar qilingandi. Bundan tashqari, ular Myunxen prokuraturasi o‘z veb-saytidan Usmonovga nisbatan ishonchsiz ayblovlar tarqatilgan press-relizni olib tashlashiga ham muvaffaq bo‘ldi.
Shuningdek, Britaniyaning Yachting Pages nashri ham Alisher Usmonov haqidagi maqola uchun uzr so‘ragani ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
09:00 / 21.03.2026
Diniy majmualar ochilishi va 100 yilga yetadigan ma’danlar - hafta dayjesti
11:29 / 29.01.2026
Sud: Usmonovning FAZ’ga qarshi da’vosi bo‘yicha qaror hali kuchga kirmagan
15:25 / 06.01.2026
Rossiyaning eng badavlat biznesmenlari 2025 yilda 24 mlrd dollarga boyidi
16:16 / 30.12.2025