Alisher Usmonov nemis matbuotida raddiya e’lon qilinishiga erishdi

Alisher Usmonov
Germaniyadagi yetakchi OAV o‘zbekistonlik tadbirkor Alisher Usmonov haqidagi maqolalarini yana bir bor tuzatishga majbur bo‘ldi, deb yozadi Berliner Zeitung.
O‘tgan yilning sentabr oyida Germaniyada Bavariyadagi bir nechta uyda keng ko‘lamli tintuvlar o‘tkazilgan edi. Nemis matbuoti ularni 2022 yil fevralidan beri Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolayotgan Alisher Usmonov bilan bog‘lagan. Xususan, Germaniyaning eng yirik DPA axborot agentligi tintuv qilingan «Tegernzeye ko‘lidagi uy»ning egasi Alisher Usmonov ekanligini ta’kidladi. Ma’lum bo‘lishicha, Usmonov Germaniyada pul yuvish, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini buzishda ayblanmoqda. Biroq, Berliner Zeitung nashrining yozishicha, nemis rasmiylarining bu da’volari bo‘yicha jamoatchilikka hali hech qanday dalil taqdim etilmagan. Tadbirkorning o‘zi Germaniyadagi ko‘chmas mulk egasi emasligini ta’kidlab, barcha ayblovlarni darhol rad etdi. Aslida, u obektlardan ijara asosida foydalangan.
O‘tgan hafta Alisher Usmonovning advokatlari DPA va uning xabarini qayta nashr etgan boshqa OAVni o‘z ma’lumotiga tuzatish kiritishga majbur qilishga muvaffaq bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. DPA va undan keyin bir necha o‘nlab nemis nashrlari o‘zlarining sentabr materiallariga o‘zgartirishlar kiritdi. Usmonov vakillaridan sudgacha da’volar olgandan so‘ng Usmonov haqidagi maqolalari olib tashlanganini Germaniyaning eng yirik internet-resurslaridan biri web.de va Funke mediaguruhiga tegishli Westfalenpost gazetasi xabar qilgan.
Biroq, Usmonovning advokatlari nafaqat nemis matbuotini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lishdi: nuz.uz ma’lumotlariga ko‘ra, ular Myunxen prokuraturasini o‘z veb-saytidan Usmonovga nisbatan ishonchsiz ayblovlar tarqatilgan press-relizni olib tashlashga ham majburlagan.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda Marsdan tushgan meteorit auksion orqali sotuvga qo‘yiladi
Jahon | 00:02
-
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi
Jahon | 23:39 / 03.07.2025
-
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan shaxsni zararsizlantirdi, bankdan 90 ming dollar talon-toroj qilganlar ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:36 / 03.07.2025
-
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:33 / 03.07.2025
Mavzuga oid

20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan

16:46 / 14.03.2025
Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova sanksiyalardan ozod etilgan bo‘lishi mumkin

22:38 / 14.02.2025
Telegramʼda «Alisher Usmonov aksiyasi» nomli 200 dan ortiq guruh ochib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

19:54 / 08.02.2025