Britaniyaning Yachting Pages nashri Alisher Usmonov haqidagi maqola uchun uzr so‘radi
Kelib chiqishiga ko‘ra O‘zbekistondan bo‘lgan tadbirkor yana bir bor matbuotda o‘zi haqida e’lon qilingan ishonchsiz ma’lumot uchun raddiya berilishiga erishdi.

Foto: yachtagency.gulet / Facebook
Britaniyaning dunyo yaxtachilik sanoatidagi voqealarni yoritib boruvchi Yachting Pages nashri Xorvatiyada Irina VU yaxtasi g‘oyib bo‘lib qolgani haqidagi xabarni o‘chirib yubordi. OAVda bu yaxta o‘tgan yili Xorvatiyada xatlangani, oktyabr oyida esa Murter orolidagi Betina portidan sezdirmay jo‘nab ketgani haqida yozilgan. Yachting Pages nashri o‘z maqolasida yaxta Alisher Usmonov hamda uning sobiq rafiqasi, Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti Irina Viner-Usmonovaga aloqador tuzilmalarga tegishli ekanini taxmin qilgan.
Usmonovning vakili esa tadbirkor «Xorvatiya matbuotida tilga olingan Irina VU yaxtasiga egalik qilmasligi va uning Betina portidan g‘oyib bo‘lishi bilan hech qanday aloqasi yo‘qligi»ni aytgan. U shuningdek Usmonov rafiqasi bilan 2022 yilning yozida ajrashganini eslatib o‘tgan.
Shundan so‘ng Yachting Pages xabarini o‘chirgan va «yaxta Alisher Usmonovga tegishli ekani va ... u oligarx ekani» bo‘yicha raddiya bergan. Shuningdek, nashr «noaniqlikka yo‘l qo‘ygani» uchun uzr so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Alisher Usmonovning huquqshunoslari nemis matbuotidagi o‘ziga nisbatan ayblovlar ilgari surilgan maqolalar bo‘yicha raddiya berilishiga erishgani xabar qilingandi. Bundan tashqari, ular Myunxen prokuraturasi o‘z veb-saytidan Usmonovga nisbatan ishonchsiz ayblovlar tarqatilgan press-relizni olib tashlashiga ham muvaffaq bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan

16:46 / 14.03.2025
Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova sanksiyalardan ozod etilgan bo‘lishi mumkin

22:38 / 14.02.2025
Telegramʼda «Alisher Usmonov aksiyasi» nomli 200 dan ortiq guruh ochib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

19:54 / 08.02.2025