WSJ: Rossiya Eron dronlarini yig‘ish uchun zavod ochishni rejalashtirmoqda
Moskva va Tehron Rossiyada Eronning minglab ilg‘or Shahed-136 dronlarini ishlab chiqarish niyatida.
Rossiya va Eron rasmiylari Tataristonning Yelabuga shahrida Eronning Shahed-136 kamikadze dronlarini ishlab chiqaruvchi zavod qurishni rejalashtirmoqda, deb yozadi The Wall Street Journal 5 fevral, yakshanba kuni manbalarga tayanib.
WSJ suhbatdoshlariga ko‘ra, yanvar oyi boshida Eronning generallar va qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchi kompaniyalar top-menejyerlaridan iborat yuqori martabali delegatsiyasi Rossiyaga kelgan. Ular zavod qurilishi rejalashtirilgan maydonga tashrif buyurishdi va loyihani ishga tushirish uchun zarur bo‘lgan tafsilotlarni muhokama qilishdi.
Oq uy Kremlning bunday niyatlari haqida o‘tgan yilning dekabr oyida xabar bergan edi, deya qayd etadi WSJ. Hozir, AQSh ma’muriyatining manbalariga ko‘ra, muzokaralar aniq rejalarga aylangan. Shu bilan birga, gazeta yozganidek, zavod qurilishi hali boshlanmagan va shuning uchun u hali frontdagi vaziyatga ta’sir qilmaydi.
Tehron va Moskva Eronning Shahed-136 dronining takomillashtirilgan, tezroq versiyasini ishlab chiqmoqchi. Rejaga ko‘ra, zavod «yaqin yillarda» 6 mingga yaqin dron ishlab chiqarishi mumkin bo‘ladi, deb yozadi WSJ.
Bo‘lajak zavod Eron va Rossiya o‘rtasidagi milliard dollarlik kelishuvning bir qismidir, deydi AQSh rasmiylari. Uning bir qismi sifatida Moskva Tehronni Ukrainadagi jang maydonida qo‘lga kiritgan qurol-yarog‘ bilan ta’minlamoqda, ularni rekonstruksiya qilishga urinmoqda, dedi WSJ manbasi.
Rossiya harbiylari Ukraina energetika obektlariga zarba berish uchun Eronning Shahed-131/136 kamikadze uchuvchisiz uchoqlarini ishlatyapti. Kreml Eron dronlaridan foydalanishini rad etib, o‘zining "Geran-1" va "Geran-2" uchuvchisiz uchoqlaridan foydalanishini ta’kidlamoqda. WSJ ta’kidlaganidek, Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari Shahed-136 tahdidini yo‘qqa chiqarishga muvaffaq bo‘ldi.
Mavzuga oid
00:35
«Yevropadagi istalgan nishonni yo‘q qila oladi» – Putin «Oreshnik» yaratuvchilari bilan uchrashdi
23:13 / 23.11.2024
Kreml yangi safarbarlik bo‘lmasligini ma’lum qildi
22:08 / 23.11.2024
Putin Kursk oblastini qaytarish muddatini belgiladi - Zelenskiy
18:44 / 23.11.2024