Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Rossiyada kompaniyalarga daromad solig‘i oshirilishi kutilyapti
Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi kompaniyalar uchun daromad solig‘ini oshirishni taklif qildi. Belousovning aytishicha, rasmiylar biznes bilan «bir martalik ixtiyoriy badal»ni muhokama qilmoqda.
Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi (RSTI) Mixail Mishustin hukumati olishni talab qilayotgan 200-250 milliard rubl miqdoridagi mablag‘ bilan budjetni to‘ldirish uchun 2023 yilda Rossiya kompaniyalarining 20 foizlik daromad solig‘ini 0,5 foiz punktga oshirishni taklif qildi. Bu haqda 8 fevral, chorshanba kuni The Bell xabar berdi.
Uning manbasiga ko‘ra, budjetni to‘ldirish g‘oyasi muallifi moliya vaziri Anton Siluanovdir. Ushbu masala bo‘yicha biznes bilan yopiq uchrashuvlarni bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Andrey Belousov o‘tkazmoqda, bu haqda The Bell nashriga yana bir manba ma’lum qildi.
Ayni paytda, «Interfaks» xabar berishicha, Belousov jurnalistlarga rasmiylar biznes bilan 2022 yilda olingan foydadan «budjetga bir martalik ixtiyoriy badal»ni muhokama qilayotganini aytdi.
«O‘tgan yili moliyaviy natijalar juda yaxshi bo‘ldi va ko‘plab kompaniyalarda, ayniqsa yilning birinchi yarmida, birinchi uch chorakda natijalari ijobiy bo‘ldi», deydi u. «Hozir bu mavzu muhokama qilinmoqda», — deya qo‘shimcha qildi bosh vazir o‘rinbosari. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap soliq stavkalarini oshirish haqida ketmayapti.
Bloomberg agentligining 6 yanvar kuni xabar berishicha, Ukrainaga qarshi urushga sarflanadigan xarajatlar ortib borayotgani munosabati bilan Rossiya hukumati o‘g‘it va ko‘mir qazib oluvchi kompaniyalardan «bir martalik pul» olishga, shuningdek, mudofaadan tashqari xarajatlarni qisqartirishga qaror qilgan.
Agentlik manbalariga ko‘ra, Rossiya hukumati davlat kompaniyalari uchun sof foydaning 50 foizidan ortiq miqdorida dividendlar belgilash niyatida va bu chora doimiy emas, bir martalik bo‘lishi kerak.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026