Chet elliklarga doimiy yashashga ruxsatnoma olish tartibi soddalashtiriladi
O‘zbekistonda doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanadi.
Tegishli qaror loyihasiga ko‘ra, u chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yanada qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga O‘zbekistonda doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun bevosita o‘zi kelib murojaat qilish bilan bir qatorda, davlat xizmati ko‘rsatishning elektron shakli, ya’ni onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali ariza yuborish imkoniyatini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.
Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:
- birinchidan, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekistonda doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun vakolatli davlat organiga YaIDXP orqali murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning tartib taomillarini belgilash;
- ikkinchidan, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekistonda doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun vakolatli davlat organiga YaIDXP orqali ariza yuborish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish;
- uchinchidan, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekistonda doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun YaIDXP orqali ariza yuborish bo‘yicha davlat xizmati vakolatli organ tomonidan qabul qilish, ko‘rib chiqish va xabarnoma yuborish idoralararo avtomatlashtirilgan tizim orqali amalga oshirish.
Bildirilishicha, qaror loyihasi qabul qilinishi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning vaqtlarini tejashga, ularga qulaylik yaratishga, ya’ni O‘zbekistonda doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun vakolatli davlat organiga YaIDXP orqali ariza yuborish bo‘yicha davlat xizmatidan onlayn tarzda foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp tariflar bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikda yordamchilarini aybladi – OAV
Jahon | 23:51 / 12.04.2025
-
Tramp Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
Jahon | 22:54 / 12.04.2025
-
Dunyodagi eng tez fuqarolik samolyoti uchishga tayyor
Jahon | 21:42 / 12.04.2025
-
Piskentdagi avtomobil sinovining videosi tarqaldi. Mas’ullar “noto‘g‘ri talqin” bo‘layotganini aytmoqda
O‘zbekiston | 21:25 / 12.04.2025
Mavzuga oid

12:27 / 12.04.2025
Yo‘l harakati sohasidagi ayrim davlat xizmatlari raqamlashtiriladi

12:28 / 11.04.2025
IMV davlat xizmatchilariga haq to‘lash tizimida kutilayotgan o‘zgarishlarga izoh berdi

19:09 / 10.04.2025
Davlat xizmatchilariga qo‘shimcha to‘lovlar to‘lash mexanizmlari bekor qilinishi mumkin

22:15 / 12.03.2025