Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropaliklarning uchdan ikki qismi Ukraina urushda g‘alaba qozonishini kutmoqda
Foto: AP
Yevropaliklarning qariyb uchdan ikki qismi (61 foiz) Ukraina Rossiya bilan urushda g‘alaba qozonishini kutmoqda, deb Bertelsmann jamg‘armasining eupinions sotsiologik xizmati 16 fevral kuni e’lon qilingan so‘rovi natijalarida ma’lum qildi. Germaniyada esa 55 foiz aholi Ukraina g‘alabasiga ishonadi.
Bundan tashqari, so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 68 foizi Rossiya agressiyasini butun Yevropaga hujum, deb hisoblaydi. Rossiya tajovuzkorligi butun Yevropaga qarshi qaratilganligi sababli, shaxsan har bir kishiga tegishli degan fikrni polyaklarning 79 foizi, ispanlarning 78 foizi va nemislarning 65 foizi qo‘llab-quvvatlaydi.
Shu bilan birga, Yevropadagi respondentlarning 62 foizi «Ukrainaliklar bizning erkinligimiz va farovonligimiz uchun kurashmoqda» degan bayonotga qo‘shiladi. Tinchlik muzokaralari haqida so‘ralganda, yevropaliklarning deyarli to‘rtdan uch qismi bunday muzokaralarni qachon boshlash kerakligini faqat ukrainaliklar hal qilishi kerak, deb hisoblaydi.
Urushning boshlanishida aybdor kim ekani bo‘yicha so‘ralganlarning uchdan ikki qismi (66 foiz) Rossiyani, 11 foizi AQShni, 5 foizi NATO va Ukrainani aybladi. Respondentlarning yana 11 foizi savolga javob berishdan bosh tortgan.
Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar bo‘yicha fikrlar keskin farq qildi. Yevropa Ittifoqida so‘ralganlarning 40 foizi sanksiyalarni samarali deb hisoblaydi, deyarli shuncha miqdordagi respondentlar esa qarama-qarshi fikrda, Germaniyada mos ravishda - 36 va 48 foiz.
So‘rov dekabr oyida Yevropa Ittifoqining 13 300 fuqarosi o‘rtasida o‘tkazilgan. Eupinions’ga ko‘ra, u butun Yevropa Ittifoqi, shuningdek yetti mamlakat: Belgiya, Fransiya, Ispaniya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya va Polshaning pozitsiyasini belgilashda muhim ahamiyatga ega.
Mavzuga oid
22:48 / 12.03.2026
Eron uzoq vaqtdan beri Ukrainaning dushmaniga aylangan – Zelenskiy
14:28 / 12.03.2026
Germaniyada 16 yoshli ukrainalik ikkita qotillik uchun 10 yilga qamaldi
11:41 / 12.03.2026
Ukraina qurolli kuchlari instruktorlari Bundesverga Rossiyadan himoyalanishni o‘rgatadi
09:58 / 12.03.2026