Jahon | 12:04 / 20.02.2023
8822
3 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun o‘q-dorilar ishlab chiqarishni ko‘paytiradi

Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Borrellning aytishicha, Ukraina Rossiya agressiyasini qaytarish uchun o‘q-dorilarga juda muhtoj. Kiyevga yordam berish uchun Yevropa Ittifoqi o‘q-dorilar xarid qilishga katta mablag‘ ajratishni rejalashtirmoqda.

Jozep Borrel / Foto: EPA

Ukrainada o‘q-dorilarning keskin taqchilligi tufayli YeI yangi moliyalashtirish dasturini ishlab chiqmoqda, bu esa YeIga o‘z ishlab chiqarishini ko‘paytirish va zarur bo‘lgan narsani Kiyevga o‘tkazish imkonini beradi, dedi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel 19 fevral, yakshanba kuni Myunxen xalqaro xavfsizlik konferensiyasida.

«Biz urush holatidamiz, tezkorlik bilan munosabat bildirishimiz kerak. Yevropa Ittifoqi - Ukraina armiyasi, chunki bu mojaro Yevropa xavfsizligiga ekzistensial tahdiddir», - dedi u.

Borrelning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hozirda o‘q-dorilar va harbiy texnika bilan bog‘liq og‘ir ahvolda, shuning uchun yangi yetkazib berish imkon qadar tezroq – yaqin haftalar ichida amalga oshirilishi kerak. U Yevropa davlatlarining Ukrainaga tank va boshqa qurollar yetkazib berish masalalarini hal etishdagi sustligini tanqid qildi va so‘zdan amalga o‘tishni maslahat berdi. G‘arb davlatlari «Zelenskiyni kamroq olqishlashlari va unga ko‘proq snaryadlar berishlari kerak», dedi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari.

Borrel Yevropa Ittifoqini Ukrainaga yordam berish uchun o‘z harbiy sanoatining ishlab chiqarish quvvatini oshirishga chaqirdi. Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas Yevropa Ittifoqi COVID-19 pandemiyasi davrida vaksinalarni tezda olishga imkon yaratgan protseduraga o‘xshash protsedurani boshlashni rejalashtirayotganini aytdi - Yevropa Ittifoqi davlatlari mudofaa sanoatining yirik shartnomalari bo‘yicha kelishilgan holda mablag‘ ajratadi. Bu sanoatga ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun zarur bo‘lgan investitsiyalarni jalb qilish imkonini beradi.

Rossiya harbiy sanoati hozirda uch smenada ishlayotganiga e’tibor qaratgan Kallas: «Rossiya har kuni Yevropa bir oyda ishlab chiqaradigan artilleriya snaryadlarini ishlatmoqda» dedi. Yevropa Ittifoqi tezda o‘z ishlab chiqarishini oshirishi kerak, o‘q-dorisiz Ukraina urushda g‘alaba qozona olmaydi, deya ta’kidlab o‘tdi Estoniya bosh vaziri.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid